O‘zbekistonlik velosportchi Portugaliyadagi xalqaro musobaqada chempion bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 89
O‘zbekistonlik velosportchi Portugaliyadagi xalqaro musobaqada chempion bo‘ldi

16-dekabr kuni Portugaliyada velosport boʻyicha “Troféu Internacional de Pista — José Bento Pessoa” UCI xalqaro musobaqasi start oldi, deya xabar bermoqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati.

Unda o‘zbekistonlik velosportchi Margarita Misyurina Yevropaning mahoratli velosipedchi ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan “SCRATCH” yo‘nalishida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.