Umida Omonova shaxmatning blits yo‘nalishida Osiyo chempioniga aylandi

E’lon qilingan sana· 186
Umida Omonova shaxmatning blits yo‘nalishida Osiyo chempioniga aylandi

O‘zbekistonlik shaxmatchilar 12−22-dekabr kunlari BAAning Al-Ayn shahrida o‘tkazilgan shaxmatning klassik, tezkor (rapid) va blits yo‘nalishlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida qator medallarni qo‘lga kiritdi. Xususan, Umida Omonova blits yo‘nalishida Osiyoda tengsiz bo‘ldi.

Blits bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik Umida Omonova birinchi o‘rinni egalladi. U to‘qqiz raundning sakkiztasida g‘alaba qozonib, atigi bittasida durang qayd etdi va 8,5 ochko to‘pladi. Tezkor musobaqada u ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha uchinchi bo‘ldi. Dastlabki ikki o‘rinni Hindiston va Indoneziya vakillari egalladi.

Klassik turnir hali ham davom etmoqda, ammo rapid va blits bo‘yicha medallar allaqachon qo‘lga kiritildi. Ushbu yo‘nalishlarda o‘ylash uchun klassikaga qaraganda kamroq vaqt beriladi — har bir harakatdan keyin 10 soniya qo‘shilishi bilan ikkala o‘yinchi uchun tezkor 15 daqiqa bo‘lsa, blitsda — ikki soniya qo‘shilgan holda 3 daqiqa.

Shuningdek, yana bir yosh shaxmatchi Davron Sharipov 18 yoshgacha bo‘lganlar ichida 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 8 yoshgacha bo‘lgan qatnashchilar orasida Husnoraxon Husnitdinovalar 3-o‘rin sohibiga aylandi.