Abbosbek Fayzullayev dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi
![Abbosbek Fayzullayev dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi](/uploads/media/2023/12/05d0be79d9170c49e9f72d2aec22caec_m.jpg)
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) “Eng yaxshi yosh futbolchi” sovrini uchun nomzodlarni e’lon qildi. Undan Rossiyaning “SSKA” klubi o‘zbekistonlik futbolchisi Abbosbek Fayzullayev ham joy oldi. Unga 2003-yilning 1-yanvaridan keyin tug‘ilgan futbolchilar kiritilgan.
To‘liq ro‘yxat: Jud Bellinghem (“Real Madrid”), Jamal Musiala (“Bavariya”), Gavi (“Barselona”), Florian Virs (“Bayer”), Xavi Simons (“RB Leypsig”), Lamin Yamal (“Barselona”), Alexandro Balde (“Barselona”), Rasmus Hoylund (“Manchester Yunayted”), Evan Fergyuson (“Brayton”), Uorren-Zair Emeri (PSJ), Matias Tel (“Bavariya”), Romeu Lavia (“Chelsi”), Levi Koulell (“Chelsi”), Benjamin Sheshko (“Leypsig”), Vitor Roke (“Barselona”), Alexandro Garnacho (“Manchester Yunayted”), Endrik (“Real”), Xulio Ensiso (“Brayton”), Savio (“Jirona”), Rikardo Pepi (“PSV”), Usmon Diomande (“Sporting”), Karlos Baleba (“Brayton”), Ernest Numa (“Lion”), Karim Konate (“Red Bull”), Abbosbek Fayzullayev (SSKA).
IFFHS xalqaro hakamlar hay’ati 120 mamlakat jurnalistlari va futbol ekspertlaridan iborat. Mukofot o‘z egasiga yanvar oyi oxirida topshiriladi.