O‘tgan 10 oy davomida O‘zbekistonga qancha turist kelgani ma’lum qilindi
E’lon qilingan sana: · 104
Statistika agentligining xabar berishicha, 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga 5,5 million nafardan ortiq sayyoh turli maqsadlarda tashrif buyurgan.
Ularning safar maqsadlari quyidagicha:
- qarindoshlarni yo‘qlash — 4 mln 652,6 ming kishi;
- bo’sh vaqt va dam olish — 659,9 ming kishi;
- xizmat yuzasidan — 115,9 ming kishi;
- davolanish — 50,3 ming kishi;
- tijorat — 51,9 ming kishi;
- o‘qish maqsadida — 14,7 ming kishi.