Shaxmat bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 1 140
Shaxmat bo‘yicha jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkaziladi

Butunjahon shaxmat federatsiyasi rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionati Samarqandda o‘tkazilishini e‘lon qildi.

Samarqand 26−30 dekabr kunlari FIDE tomonidan o‘tkaziladigan tezkor shaxmat — rapid va blis bo‘yicha 2023-yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqa dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini bir joyga jamlaydi.

“FIDE O‘zbekistonning shaxmat bo‘yicha boy an’analarini qadrlaydi va bu mamlakatning shaxmat bo‘yicha yetakchiga aylanayotganini e’tirof etadi. Shaxmatga bo‘lgan eʼtibor bizni ushbu nufuzli musobaqani o‘tkazishni O‘zbekistonga ishonib topshirishimizga sabab bo‘ldi”, deyiladi federatsiya xabarida.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston 2026-yil o‘tkaziladigan Shaxmat Olimpiadasiga ham mezbonlik qiladi, rapid va blits yo‘nalishlaridagi Jahon chempionatida esa kelgusi musobaqa tayyorgarligiga katta turtki beradi.

Ma’lumot uchun. O‘zbekiston 2022-yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb e’lon qilinib, Nodirbek Abdusattorov hamda Javohir Sindorov “Tour D‘or” — “Oltin minora” sovrinini qo‘lga kiritishgandi.