O‘zbekistonlik qilichboz qizlar Jahon kubogida 4 ta oltin medal qo‘lga kiritdi

E’lon qilingan sana· 342
O‘zbekistonlik qilichboz qizlar Jahon kubogida 4 ta oltin medal qo‘lga kiritdi

Bahraynning Manama shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati.

Jamoaviy dasturda ishtirok etgan Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva hamda Samira Shokirova kvarteti barcha raqiblarni dogʻda qoldirib, oltin medallarga sazovor boʻldi. O’zbekistonlik sportchilar final bellashuvida Bolgariya jamoasini 45:30 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.

Yakkalik yo‘nalishida kechgan bahslarda esa Gulistan Perdibayeva oltin, Fernanda Errera bronza medaliga sazovor boʻlgan.