Xanchjou 2022. Para Osiyo o‘yinlari medallarini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilar — ro‘yxat
E’lon qilingan sana: · 277
Xitoyning Xanchjou shahrida paraosiyo o‘yinlari start oldi. Unda o‘zbekistonlik paraolimpiyachilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Sportchilar musobaqaning birinchi kunidayoq 20 ta medalga ega chiqdi. Eng ko‘p sovrin para kanoye, para dzyudo, para yengil atletika va para taekvondo sport yo‘nalishlarida olindi.
Ikkinchi kunda esa o‘zbekistonlik sportchilar jami medallar sonini 38 taga yetkazib, umumjamoa hisobida Xitoy va Erondan so‘ng 3-o‘rinda bormoqda.
Oltin medal
- Para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasida VL3 klassida final bellashuvlarida Shaxzoda Mamadaliyeva 58.775 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va delegatsiya hisobiga birinchi oltin medalni yozdirib qo‘ydi;
- Ayollar o‘rtasida VL2 klass bahslarida esa Iroda Rustamova 1:02.775 daqiqa natija bilan ikkinchi oltinga ega chiqdi;
- Para kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida VL2 klassida Azizbek Abdulhabibov 42.487 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi;
- Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish dasturida Safiya Burxanova 13,87 metr natija bilan 4-oltin medalga ega chiqdi;
- Erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida shohsupaning 3 ta o‘rni ham o‘zbekistonliklarga nasib etdi. Muzaffar Tursunxo‘jayev oltin medal oldi;
- Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Safiya Burxanova 13.87 metr natija bilan oltin medalga ega chiqdi;
- Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasi final bellashuvida ikki o‘zbekistonlik to‘qnash keldi. Yakunda esa Kemran Nurilloyev oltin, Sherzod Namozov esa kumush medalga sazovor bo‘ldi;
- Para suzishning erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida ishtirok etgan uchchala o‘zbekistonlik sportchi ham medallarga ega chiqdi. Jumladan, Muzaffar Tursunxo‘jayev oltin, Islam Aslanov kumush va Kirill Pankov bronza medaliga sazovor bo‘ldi;
- Para kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida KL3 klassida Hasan Qo‘ldashev 42.258 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni naqd qildi;
- Para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasida KL3 klassida o‘tkazilgan bahslarda Shaxnoza Mirzayeva 50.680 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va delegatsiya hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi;
- Para kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida VL3 klassida o‘tkazilgan bahslarda Haytmurod Sherqo‘ziyev 49.345 soniya natija bilan tengsiz bo‘ldi;
- Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T12 klassida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan para atletimiz Doniyor Saliyev 7.28 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi;
- Para taekvondo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida Qudrat Haydarov Janubiy Koreya sportchisini 36:22 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bronza medalini qo‘lga kiritdi;
- Para suzish bo‘yicha S13 klassida erkaklar o‘rtasida 400 metrga erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etgan Dmitriy Xorlin 4:24.68 daqiqa qayd etib, oltin medalga ega chiqdi;
- Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F46 klassida nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etgan 15 yoshli Shaxinaxon Yigitaliyeva 40.90 metr natija bilan barcha raqiblarini ortda qoldirdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Kumush medal
- Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida -48 kg vazn toifasida final jangida Ziyoda Isoqova kumush medalga sazovor bo‘ldi.
- Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasi final bellashuvida ikki o‘zbekistonlik to‘qnash keldi. Yakunda esa Kemran Nurilloyev oltin, Sherzod Namozov esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.
- Para yengil atletikaning erkaklar shrtasida o‘rtasida F57 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan Yorqin Odilov 47.72 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
- Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T64 klassida balandlikka sakrash bahslarida qatnashgan Temur Giyazov 2 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
- Para suzishning erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida ishtirok etgan uchchala o‘zbekistonlik sportchi ham medallarga ega chiqdi. Jumladan, Muzaffar Tursunxo‘jayev oltin, Islam Aslanov kumush va Kirill Pankov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
- Para dzyudo bellashuvlarida ayollar o‘rtasida J1 klassida -57 kg vazn toifasida Hosiyat Poziljonova kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
- Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F13 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nozimaxon Qayumova 43.36 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
- Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F56 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nataliya Semyonova 17.40 metr natija bilan kumush medaliga ega chiqdi.
- Para yengil atletikaning F54 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Nurxon Qurbonova 7.34 metr natija bilan ikkinchi bo‘ldi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
- Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T36 klassida uzunlikka sakrash bahsida Izzat Turg‘unov 5.55 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
- Para dzyudo bellashuvlarining erkaklar o‘rtasida J2 klassida -73 kg vazn toifasida Feruz Saidov kumush medaliga ega chiqdi.
- Para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S13 klassida ishtirok etgan Firdavs Musabekov 100 metrga brass usulda suzish bellashuvlarida 1:08.36 daqiqa natija qayd etib kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Bronza medal
- Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F32 klassida klab uloqtirish bo‘yicha Sarvar Azimov 39.13 metr natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi;
- Para taekvondo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -58 kg vazn toifasida Sanjar Muxtorov bronza medalga sazovor bo‘ldi;
- Para dzyudo bellashuvlarida ayollar o‘rtasida J2 klassida -48 kg vazn toifasida Lobar Hurramova bronza medali oldi;
- Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T13 klassida 100 metr masofaga yugurish bahslarida Doniyor Ahmedov 11.35 soniya natija bilan marraga 3-bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga ega chiqdi;
- Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida qatnashgan Urganch Egamnazarov 6.32 metr natija bilan uchinchi bo‘ldi va delegatsiya hisobiga yana bir bronza medalini qo‘shtirib qo‘ydi;
- Para suzishning erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida ishtirok etgan uchchala o‘zbekistonlik sportchi ham medallarga ega chiqdi. Jumladan, Muzaffar Tursunxo‘jayev oltin, Islam Aslanov kumush va Kirill Pankov bronza medaliga sazovor bo‘ldi;
- Para dzyudo bellashuvlarida ayollar o‘rtasida J1 klassida -57 kg vazn toifasida Uljon Amriyeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi;
- Para dzyudo bellashuvlarida J1 klassida ayollar o‘rtasida -48 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Fotima Toirova yakunda bronza medalini qo‘lga kiritdi;
- Para dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasida Kumush Xo‘jayeva bronza medaliga ega chiqdi;
- Para taekvondo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -70 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Javohir Aliqulov bronza medaliga sazovor bo‘ldi;
- Para suzish bo‘yicha S13 klassida erkaklar o‘rtasida 400 metrga erkin usulda suzish bahslarida 4:28:59 daqiqa natija ko‘rsatgan Firdavs Musabekov bronza medali bilan taqdirlandi;
- Para dzyudo bellashuvlarining erkaklar o‘rtasida J2 klassida -73 kg vazn toifasida Uchqun Quronboyev bronza medaliga ega chiqdi.