Xanchjou-2022. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yarim finalda Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berdi

E’lon qilingan sana· 483
Xanchjou-2022. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yarim finalda Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berdi

Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yarim final bahsida Janubiy Koreya a’zolariga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq janubiy koreyalik futbolchi Chon Vu Yon hisobni ochdi. 25-daqiqaga kelib esa O‘zbekiston terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov jarima zarbasidan kiritgan super goli bilan hisobni tenglashtirdi.

Janubiy Koreya hujumchisi 38-daqiqada 2-golni kiritdi va uchrashuv yakuniga shu hisob saqlanib qoldi.

Timur Kapadze shogirdlari 7-oktyabr kuni Gonkong a’zolariga qarshi 3-o‘rin uchun bahs olib boradi. Janubiy Koreyani esa finalda Yaponiya kutib turibdi.