Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi
E’lon qilingan sana: · 559
Taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Tokio-2020 Olimiyada chempioni hisoblangan Ulug‘bek Rashitov Osiyo o‘yinlari finalida iordaniyalik Karim Zaidni mag’lubiyatga uchratib, turnir chempioniga aylandi. Shu tariqa Rashitov O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi — oltinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Afisha.uz Xanchjou-2022 g‘olib va sovrindorlari ro‘yxatini doimiy yangilab bormoqda.