Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 7 ta medal qo‘lga kiritdi

E’lon qilingan sana· 276
Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 7 ta medal qo‘lga kiritdi

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza (jami 7 ta) medalini qo‘lga kiritdi. Bu bilan jamoa Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Barcha medallar erkaklar terma jamoasi tomonidan qo‘lga kiritilgan va umumjamoa hisobida Xitoydan so‘ng ikkinchi, ochkolar klassifikatsiyasi bo‘yicha esa Armaniston, Xitoy, Eron, Kolumbiyadan so‘ng beshinchi pog‘ona band qilingan. Mazkur musobaqa Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida litsenzion xarakterga ega bo‘lgan musobaqa hisoblanadi.

Shohsupaga ko‘tarilgan atletlar:

Oltin:

  • -81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (dast ko‘tarish);
  • -109 kg: Akbar Jo‘rayev (dast ko‘tarish);
  • -109 kg: Ruslan Nurudinov (siltab ko‘tarish);
  • -109 kg: Akbar Jo‘rayev (ikki kurash).

Kumush:

  • -109 kg: Akbar Jo‘rayev (siltab ko‘tarish);
  • -109 kg: Ruslan Nurudinov (ikki kurash).

Bronza:

-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (ikki kurash).