Anons

Muynak – Save Water virtual yugurish musobaqasi

E’lon qilingan sana· 16
Muynak – Save Water virtual yugurish musobaqasi

Ekologik tashabbus va suv resurslaridan oqilona foydalanishga chorlovni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkentda Muynak — Save Water virtual yugurish musobaqasi o‘tkaziladi.

Ishtirok etish shartlari:

  • kamida 3 km masofani bosib o’tgan marshrutingizni yozib olish (treker yordamida);
  • obuna bo’lish va telegram hamda Instagram sahifalarida suvga g’amxo’rlik qilish mavzusida storis joylash, Orolbo’yidagi ekologik ofatni eslatib o’tish va ecology_uzb, prorun.uz`ni belgilash.

Ishtirok etish bepul.

Nazorat punktiga kelgan va barcha shartlarni bajargan birinchi 90 kishi medal oladi.

Shartlar bajarilishini nazorat qilish punkti — Central Park.

  • Sana
    16-sentabr
    Joy
    Central Park
    Toshkent, Moverannahr ko‘ch., 21