O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Jahon chempionatida 2 ta medal qo‘lga kiritdi
Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Muhammadqodir Toshtemirov ikkita medalga ega chiqdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
11-sentyabr kuni Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ilk medallarini qo‘lga kiritdi. Muhammadqodir Toshtemirov dast ko‘tarish bahsida (164 kg) oltin medalni qo‘lga kiritdi, u siltab ko‘tarish bo‘yicha sovrin yutolmagan bo‘lsa ham umumiy hisobda bronzaga loyiq ko‘rildi.
-81 kg vazn toifasida bahs olib borgan Muhammadqodir Toshtemirov dast ko‘tarish mashqida 164 kg natija bilan oltin medalga ega chiqdi.
Siltab ko‘tarishdagi 188 kg unga mazkur yo‘nalishda medal taqdim qilmadi. Ammo u ikki kurash hisobida 352 kg bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar:
- Oskar Martines (Italiya) — 356 (163+193) kg
- Rahmat Abdulloh (Indoneziya) — 354 (145+209) kg
- Muhammadqodir Toshtemirov (O‘zbekiston) — 352 (164+188) kg.