O‘zbekistonlik para taekvondochilar Osiyo ochiq chempionatida 11 ta medal qoʻlga kiritdi

E’lon qilingan sana· 537
O‘zbekistonlik para taekvondochilar Osiyo ochiq chempionatida 11 ta medal qoʻlga kiritdi

7−10-sentyabr kunlari Livanning Bayrut shahrida para taekvondo boʻyicha Osiyo ochiq chempionati boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza, jami 11 ta medal qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi.

Bobur Qoʻziyev boshligidagi terma jamoa umumjamoa hisobida 22 davlat orasida 2-oʻrinni egalladi, Qo‘ziyev esa musobaqaning eng yaxshi murabbiyi sifatida eʼtirof etildi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.

Oltin

  • Javohir Aliqulov (-70 kg)
  • Asad Toshtemirov (-80 kg)
  • Guljanoy Naimova (+65 kg)

Kumush

  • Qudrat Xaydarov (-63 kg)
  • Asad Anvarov (+ 80kg)
  • Kamola Jurayeva (-57 kg)

Bronza

  • Kudratillo Sunnatov (-58kg)
  • Zuxriddin Toxirov (-63 kg)
  • Asil Husanov (-70 kg)
  • Qudrat Muhammadiyev (-80 kg)
  • Ziyoda Isoqova (-47 kg)