Xivada ilk marotaba Xalqaro Etnosport festivali o‘tkaziladi
E’lon qilingan sana: · 184
7 — 10-sentyabr kunlari Xiva shahridagi “Ichan Qal’a” majmuasida ilk marotaba Xalqaro Etnosport festivali bo‘lib o‘tadi. Festivalning tantanali ochilish marosimi joriy yilning 8-sentyabr kuni soat 19:00da oʻtkaziladi, deya xabar bermoqda Turizm qo‘mitasi huzuridagi Milliy PR markazi.
Ushbu festival doirasida:
- Butunjahon Etnosport konfederatsiyasi bilan hamkorlikda etnosport turlarini rivojlantirish va yanada ommalashtirish boʻyicha Forum;
- hududlardan kelgan mohir oshpazlar ishtirokida ikki boʻlimdan iborat osh pishirish musobaqasi;
- mamlakatda yetishtirilgan sara qovunlardan iborat qovun sayli;
- xalq milliy madaniyati va urf-odatlarini namoyon qiluvchi hunarmandchilik mahsulotlari hamda sanʼat asarlaridan koʻrgazmali maydonchalar;
- 3 ta jahon chempionati (bahodirlar oʻyini va tosh koʻtarish, mas restling, oʻzbek jang sanʼati);
- belbogʻli kurash bo‘yicha xalqaro turnir;
- 6 ta sport turlari boʻyicha (turon yakkakurashi, kurashi, bel olish va uch kurashi, ot sporti turlari, kamondan otish va qushlar ovi) boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar;
- 12 ta milliy xalq oʻyinlari (kim oladiya, yelkada kurash, chillak, mindi, xoʻrozlar jangi, qarmoqcha, oq terakmi — koʻk terak, toʻptosh, oʻrtaga turish, haykal, xamir patir, lanka) boʻyicha koʻrgazmali oʻyinlar bo‘lib o‘tadi;
Bundan tashqari, Butunjahon Etnosport konfederatsiyasi raisi Najmeddin Bilol Erdoʻgʻan va Oʻzbekiston yoshlari uchrashuvi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Festivalga 63 ta davlatlardan jami 1884 nafar, shundan 928 nafar xorijiy, 956 nafar mahalliy mehmonlarning ishtiroki kutilayotgani aytilgan.