O‘zbekistonlik taekvandochi kadetlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi
E’lon qilingan sana: · 538
Bosniya va Gersogovinaning Sarayevo shahrida kadetlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Islom Axchurin oltin medalini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi.
O’z ishtirokini nimchorak finaldan boshlagan Islom Axchurin avval gruziyalik, so’ng polshalik raqibini, yarim finalda esa Xitoy Taypeyi sportchisini musobaqadan chiqarib yubordi. Final bahsida italiyalik raqibi ustidan 2:1 hisobida g’alaba qozongan Axchurin kadetlar o’rtasida Jahon chempioniga aylandi.