O‘zbekistonlik velosportchilar “Grand Prix Keyseri”`da oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi

E’lon qilingan sana· 270
O‘zbekistonlik velosportchilar “Grand Prix Keyseri”`da oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Turkiyada o‘tayotgan veloshosse bo‘yicha “Grand Prix Keyseri” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Olga Zabelinskaya 88,2 km masofani tashkil etgan poygada marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uchinchi natijani qayd etgan Yanina Kuskova ham shohsupadan o‘rin oldi. Shuningdek, ushbu poygada qatnashgan yana bir qator o‘zbekistonlik sportchilar — Margarita Misyurina 4, Nafosat Koziyeva 5, Shahnoza Abdullayeva 8-bo'lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi.