Andrey Kulikov qurigan Orol dengizi tubi bo'ylab 42 km masofani bosib o'tdi
O‘zbekistondagi ommaviy yugurish musobaqasi tashkilotchisi Andrey Kulikov qurigan Orol dengizi tubi bo’ylab 42 km 195 m masofani bosib o’tdi. Marafon 17-iyun — Butunjahon cho’llanish va qurg’oqchilikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Ekologiya vazirligi tomonidan tashkil etildi.
Yugurish tadbiri Aral Eco Marathon marafoni doirasida o‘tkazildi. Mazkur marafondan maqsad — jahon hamjamiyatining e’tiborini ushbu mintaqaning ekologik muammolariga qaratish va barchani sayyoramizni saqlab qolish uchun faol qadamlar tashlashga undashdir, deya ta’kidlaydi vazirlik matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko’ra, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil bahor mavsumida oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan 21,8 mln dona iqlim sharoitga mos manzarali, mevali daraxt va butalarning koʻchat va qalamchalari yetkazib berildi. Yangidan 500 gektar hududda tuproq-iqlim sharoitga mos daraxt va butalar turlaridan niholxona va koʻchatxonalar tashkil etildi.
Qolaversa, joriy yilda Nukus shahri atrofida 5 km masofada 3590 ta, Urganch shahri va Urganch-Gurlan avtomobil yoʻli atrofiga 5 km masofada 2500 ta katalpa, qayrogʻoch, yapon saforasi kabi tuproq-iqlim sharoitga mos daraxtlar koʻchatlari ekilib, “yashil belbogʻlar” barpo qilindi, deyiladi xabarda.