Bolgariyada bo‘lib o‘tgan musobaqada o‘zbekistonlik bokschilar eng yaxshi deb topildi
E’lon qilingan sana: · 2 205
26-fevral kuni Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha 74-Xalqaro Stranja turniri, ya’ni kichik jahon chempionati deb nomlanuvchi musobaqa o’z yakuniga yetdi. Musobaqada dunyoning 42 davlatidan 450 nafar bokschi ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik sportchilar 18 ta medalni qo‘lga kiritib, ketma-ket ikkinchi marta umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi. Ikkinchi o‘rinni Bolgariya, uchinchi o‘rinni esa AQSh egalladi.
Oltin:
- Shodiyorjon Meliqo’ziev (48 kg gacha);
- Xasanboy Do’smatov (51 kg gacha);
- Mujbillo Tursunov (63,5 kg gacha);
- Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev (67 kg gacha);
- Saidjamshid Jafarov (71 kg gacha);
- Shohjaxon Abdullayev (86 kg gacha);
- Bahodir Jalolov (92 kg dan yuqori).
Kumush:
- Mirazizbek Mirzaxalilov (54 kg gacha);
- Adhamjon Muxiddinov (60 kg gacha);
- Ruslan Abdullayev (63,5 kg gacha);
- Begzod Hamidov (67 kg gacha);
- Saidaxon Rahmonova (48 kg gacha).
Bronza:
- Shunqor Abdurasulov (60 kg gacha);
- Dilshod Abdumurodov (60 kg gacha);
- Xadichabon Abdullayev (63 kg gacha);
- Nurislom Ismoilov (71 kg gacha);
- Xavasbek Asadullayev (75 kg gacha);
- Jasurbek Yo’ldoshev (80 kg gacha).