Iskandar kabob, kofte, doner: Toshkentdagi 12 ta turk kafe va restoranlari

Toshkentda turli xildagi turk restoranlarini topish mumkin. Oʻzbekistonda iskandar kabob, kofte yoki ushbu oshxonaning boshqa taomlari muxlislari ancha koʻpaygan. Bir qarashda ularning hammasida deyarli bir xil taomlar tayyorlanadigandek koʻrinadi. Biroq ularning barchasida oʻziga xoslikni topish mumkin.
Afisha.uz ushbu jamlanmada Toshkent shahridagi 12 ta turk restoran va kafelarini bir yerga toʻpladi.
Afiyet Doner Kebap
Ushbu restoranda turli xildagi kaboblar, iskandar kabob, kofte, adana, durum va boshqa turk taomlaridan tashqari pitsalar, suyuq ovqatlar hamda har xil garnirlar taklif etadi.
Narxlar:
- salatlar — 35 000 soʻmdan boshlanadi;
- suyuq ovqatlar — 20 000 soʻmdan 45 000 soʻmgacha;
- kaboblar — 75 000 soʻmdan boshlanadi;
- iskandar kabob — 90 000 soʻm.
Ushbu havola orqali restoranning toʻliq menyusi va narxlari bilan tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−789−9996.
Buyuk Istanbul
Oʻzining turli xildagi setlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur boʻlgan restoranda 30 dan ortiq turk milliy taomlari pishiriladi. Jumladan, roʻyxatda pide, lahmajun, doner, iskender, kofte, shish va turli steyklar mavjud.
Narxlar:
- salatlar — 30 000 soʻmdan boshlanadi;
- suyuq ovqatlar — 15 000 soʻmdan 37 000 soʻmgacha;
- kaboblar — 72 000 soʻmdan boshlanadi;
- iskandar kabob — 76 000 soʻm.
Ushbu havola orqali restoranning toʻliq menyusi va narxlari bilan tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 93−418−0929.
Basri Baba
Toshkentda koʻplab filiallariga ega boʻlgan ushbu turk oshxonasi premium joylardan biri hisoblanadi. Shuningdek, Seul Moon’da restoranning shirinliklar uchun moʻljallangan alohida filiali ham mavjud.
Narxlar:
- salatlar — 42 000 soʻmdan boshlanadi;
- suyuq ovqatlar — 31 000 soʻmdan 55 000 soʻmgacha;
- kaboblar — 75 000 soʻmdan boshlanadi;
- iskandar kabob — 96 000 soʻm.
Ushbu havola orqali restoranning toʻliq menyusi va narxlari bilan tanishish mumkin.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−070−1111.
CZN Burak Gurme
Turkiyalik mashhur oshpaz-bloger Burak Oʻzdemirga tegishli boʻlgan tarmoqning Toshkentda ochilgan filiali Magic City’da joylashgan. Bu yerda odatiy taomlardan tashqari turkcha nonushtalarni ham tatib koʻrish mumkin.
Narxlar:
- turkcha nonushtalar — 110 000 soʻmdan 460 000 soʻmgacha;
- suyuq ovqatlar — 36 000 soʻmdan 41 000 soʻmgacha;
- maxsus Iskandar kabob — 97 000;
- turk choyi — 10 000.
Boshqa taomlar va ularning narxlarini ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 78−555−5553.
Efendi
Efendi Oʻzbekistonda uzoq yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan restoranlardan biri hisoblanadi. Turkcha birinchi va ikkinchi taomlar, shirinliklar, salatlarning turli xillari mavjud. Shuningdek, bu ovqatlanish maskanida terassa ham bor.
Narxlar:
- salatlar — 25 000 soʻmdan 65 000 soʻmgacha;
- suyuq ovqatlar — 30 000 soʻmdan 90 000 soʻmgacha;
- donar — 40 000 soʻmdan 105 000 soʻmgacha;
- kaboblar — 95 000 soʻmdan boshlanadi.
Boshqa taomlar va ularning narxlarini ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−177−0993.
Sirali Kebap
Kaboblari bilan tanilgan turk restorani xalqaro darajaga chiqqan boʻlib, Istanbul va Anqaradan tashqari Dubay va Toshkentda ham ochilgan. Ovqatlanish maskani Tashkent City hududida joylashgan.
Narxlar:
- salatlar — 44 000 soʻmdan 110 000 soʻmgacha;
- suyuq ovqatlar — 40 000 soʻmdan 65 000 soʻmgacha;
- turkcha burrito (2 kishi uchun) — 300 000 soʻm;
- kaboblar — 110 000 soʻmdan boshlanadi.
Boshqa taomlar va ularning narxlarini ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−555−3333.
Donerci Hamdi Usta
Ushbu restoran nomi goʻshtni ilk bor sixda vertikal holatda tayyorlagan va donerning yaratuvchisi sifatida qaraladigan Hamdi usta sharafiga qoʻyilgan. Bu yerda menyu asosan koʻmirda dudlangan goʻshtga asoslangan.
Narxlar:
- beyti doner — 84 000−135 000 soʻm;
- iskander kabob — 79 000−109 000 soʻm;
- donerlar — 49 000 soʻmdan 136 000 soʻmgacha;
- kids menu — 55 000 soʻm.
Boshqa taomlar va ularning narxlarini ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−201−1111.
Divan
Ushbu restoranda turkcha nonushtalar ham tayyorlanadi. Shuningdek, “Qashqirlar makoni” seriali orqali mashhur boʻlgan menemen taomini ham tatib koʻrish mumkin. Bundan tashqari, turk oshxonasining boshqa taomlari ham tayyorlanadi.
Narxlar:
- nonushtalar — 120 000 soʻmdan 230 000 soʻmgacha;
- menemen — 40 000 soʻm;
- suyuq ovqatlar — 36 000 soʻmdan 60 000 soʻmgacha;
- laxmajun — 40 000 soʻm;
- pidelar — 58 000 soʻmdan 90 000 soʻmgacha;
- iskandar kabob — 100 000 soʻm.
Boshqa taomlar va ularning narxlarini ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−830−2222.
Köfteci Ramiz
Toshkentda bir nechta filial ochishga muvaffaq boʻlgan Köfteci Ramiz restorani Yangi Oʻzbekiston bogʻi va Chinorkentda ham oʻz filiallarini ochdi. Bu joyda tovuq va mol goʻshtidan tayyorlanadigan har xil turk va an’anaviy taomlarini tatib koʻrish mumkin.
Narxlar:
- salatlar — 26 000 soʻmdan 79 000 soʻmgacha;
- pidelar — 62 000−65 000 soʻm;
- suyuq ovqatlar — 30 000 soʻmdan 48 000 soʻmgacha;
- laxmajun — 35 000 soʻm;
- iskandar kabob — 86 000 soʻm.
Boshqa taomlar va ularning narxlarini ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Manzillar:
- Alfraganus filiali;
- Tashkent City filiali;
- Magic City filiali;
- Chinorkent filiali;
- Yangi Oʻzbekiston filiali.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−510−8080.
Turka saray
Sharqona bezatilgan Turka saray restoranida alohida nonushtalar, tushlik setlari mavjud. Bundan tashqari, baliq va katta kompaniyalar uchun ham taomlar tayyorlanadi.
Narxlar:
- nonushtalar — 45 000 soʻmdan boshlanadi;
- tushlik setlari — 100 000−105 000 soʻm;
- salatlar — 49 000 soʻmdan boshlanadi;
- suyuq ovqatlar — 44 000 soʻmdan boshlanadi;
- kaboblar — 78 000 soʻmdan boshlanadi.
Boshqa taomlar va ularning narxlarini ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−435−4888.
Bosfor
Turkiyada joylashgan boʻgʻozlardan birining nomini olgan ushbu restoranning Toshkent shahrida ikkita filiali bor. Ularda turk oshxonasiga mansub taomlardan tashqari, burgerlar, suli yemaklar va har xil shirinliklar pishiriladi.
Narxlar:
- koftelar — 100 000 soʻmdan boshlanadi;
- laxmajun — 24 000 soʻmdan boshlanadi;
- salatlar — 50 000 soʻmdan boshlanadi;
- suyuq ovqatlar — 42 000 soʻmdan boshlanadi;
- kaboblar — 110 000 soʻmdan boshlanadi.
Boshqa taomlar va ularning narxlarini ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 95−621−2121.
Köşebaşı
Ushbu restoran tomonidan tashrif buyuruvchilarga har xil setlar taklif qilinadi. Bundan tashqari, bolalar menyusi ham mavjud boʻlib, unda kichik yoshdagilar uchun sovgʻalar ham qoʻshib beriladi.
Narxlar:
- pidelar — 60 000 soʻmdan boshlanadi;
- laxmajun — 40 000 soʻm;
- salatlar — 50 000 soʻmdan boshlanadi;
- suyuq ovqatlar — 35 000 soʻmdan boshlanadi;
- kaboblar — 110 000 soʻmdan boshlanadi;
- iskandar kabob — 105 000 soʻm;
- bolalar menyusi — 60 000 soʻm.
Boshqa taomlar va ularning narxlarini ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Manzillar:
Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 77−276−7070, (+998) 95−300−7070.
- #afiyet doner kebap
- #basri baba
- #bosfor
- #buyuk istanbul
- #czn burak gurme
- #divan
- #donerci hamdi usta
- #efendi
- #köfteci ramiz
- #köşebaşı
- #sirali kebap
- #turk oshxonasi
- #turka saray
