Toshkentdagi bir qator restoran va kafelarda taomnomalar oʻzbek tilida taqdim etilishi tekshirilmoqda

E’lon qilingan sana· 98
Toshkentdagi bir qator restoran va kafelarda taomnomalar oʻzbek tilida taqdim etilishi tekshirilmoqda

Raqobat qoʻmitasi tomonidan bir qator kafe va restoranlarda oʻzbek tilidagi taomnomalar tayyorlanishi va taqdim etilishi ta’minlandi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qoʻmitaning oʻrganishlari davomida xo‘randalarga taqdim etilayotgan taomnoma xorijiy tillarda ya’ni rus, ingliz, turk, xitoy va boshqa tillarda ekani aniqlangan.

Shu sababdan Toshkentdagi “Basri Baba” turk taomlari restorani, “China Chuan Chuan” xitoy taomlari restorani, “CakeLab” qandolat restorani tarmoqlarida oʻzbek tilida taomnomalar tayyorlangan.

Bundan tashqari, “Bon!” kafesining 26 ta shoxobchasida taomnomalar xo‘randalarning talabiga asosan davlat tilida, shuningdek rus va ingliz tillarida taqdim etilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, Raqobat qoʻmitasi O‘zbekiston Respublikasi “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunining 6-moddasini eslatib oʻtgan. Unga koʻra, tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot iste’molchiga davlat tilida taqdim etilishi kerak. Mazkur ma’lumot qo‘shimcha ravishda boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling