O‘zbek taomlarini taqdim etuvchi yangi "Lali" restorani haqida

E’lon qilingan sana· 146
O‘zbek taomlarini taqdim etuvchi yangi "Lali" restorani haqida

"Lali" restorani - Arkadiy Novikov, Yervand Galstyan va Alisher Akramovning sharqona mehmondo‘stligini o‘zida mujassam etgan to‘rtinchi loyihasi.

“Oʻzbekistonda yana bir o‘zbek oshxonasi restorani” ochilishi hech qanday ajablanarli hodisa emas, deb o‘ylashingiz mumkin. Shubhasiz, sarlavhani ko‘rganingizdayoq shunday fikr xayolingizdan o‘tgan bo‘lishi tabiiy. Biz esa o‘z sharhimiz orqali yangi va mazali makonning qanday o‘ziga xos jihatlari borligini so‘zlab bermoqchimiz.

“Lali” restorani — Arkadiy Novikov, Yervand Galstyan va Alisher Akramovning ishonchli to‘rtinchi loyihasi bo‘lib, u sharqona mehmondo‘stlikni o‘zida mujassam etgan. Restoratorlarning mashhur hamkorliklari bilan tanish bo‘lganlar allaqachon gap nima haqida borayotganini aniq tushunib yetishgan.

Yangi muassasaning joylashuvi AB Groupning dastlabki loyihalaridan biri — 11 yillik tarixga ega bo‘lgan “Na Nebe” restorani bo‘ldi. “Lali"ga kirib kelganingizda, beixtiyor atrofga nazar tashlaysiz, o‘zbek oshxonasi va madaniyatining go‘zalligini ifodalash uchun qanchalar mehnat sarflanganini anglab yetasiz.

Restoran ikkita asosiy zal va kichik xonachadan iborat bo‘lib, xoldinglarning eng yaxshi an’analariga mos ravishda bezatilgan. Sharq estetikasini ifodalovchi qum va moviy ranglar uyg‘unligi intyerer tafsilotlarida: bezak unsurlarida, mebelda va dasturxon bezatilishida o‘z aksini topgan. Ochiq oshxonaning ko‘rki an’anaviy naqsh bo‘lib, u sirlangan ko‘zalar bilan to‘ldirilgan. Keyinchalik bu naqshni devoriy chiroqlarni eslatuvchi laganlar bilan birga ustunlarda ham ko‘rish mumkin.

Taomnomada o‘zbek oshxonasining sara taomlarini topasiz: palov, vaguri, manti, tovuq tabaka, mazali sho‘rvalar, kaboblar, somsa. Bulardan tashqari, Xorazmning asl tuxum baragi, Samarqandning balaza-noʻxati va Jizzaxning bug‘lamasi ham bor. Shirinliklar ro‘yxatida yevropacha desertlar: paxlava, halva va chak-chak bilan bir qatorda, ko‘z oldingizda chizkeyk, olchali izba, tiramisu va pista ruletlarini ham topasiz.

Bar menyusining assortimenti asosiy menyudan sira qolishmaydi. Limonadlar, choylar, mualliflik va an’anaviy kokteyllar, shuningdek, har qanday tadbir uchun mo‘ljallangan issiq ichimliklarning keng tanlovi mavjud.

“Lali” — o‘zbek oshxonasining yangi qirrasini ochib beradigan restoran. Restoran g‘oyasiga singdirilgan zamonaviy yondashuv bilan an’analarning uyg‘unligi “Lali"ni shunday bir joyga aylantiradiki, bu yerga albatta qayta kelgingiz keladi. Chunki har gal o‘zbek oshxonasida yangi va o‘ziga xos mazali taomlarni kashf etasiz.

Vika Chmikhalova
Muallif
Vika Chmikhalova