Buxoroda qayerga borish mumkin: "Zaytoon" restorani haqida
Buxoro gastronomiyasi, xuddi Toshkentdagidek, sayyohlar uchun mo‘ljallangan milliy restoranlarga va poytaxtga allaqachon ko‘chib kelgan hamda mehmonlarni xursand qilishni xohlaydigan mahalliy aholining o‘zlari taklif etadigan joylarga bo‘linadi. Bu maskanlarda bir xil samimiy xizmat, iliq muhit mavjud, taomlar esa haqiqatan ham biroz farq qiladi. Ammo, sizga qaysi joyni tavsiya qilishmasin, ular orasida “Zaytoon” restorani albatta bo‘ladi.
Restoran tarixi karantindan bir necha yil oldin boshlandi — to‘rt do‘st o‘z ona shahrida xalqaro standartlarga mos keladigan oshxonali restoran ochish uchun Vataniga qaytdi. Rustam Fayziyev, Shuhrat Eshonqulov, Sanjar Muhamedov va Mirshod Jamolovning birinchi loyihasi Buxorodagi mehmonxonada joylashgan yuqori darajali “Fillet” restorani edi, biroq keyinchalik ushbu loyihani toʻxtatishga majbur boʻlishdi. Bu voqea esa Yaqin Sharq taomlarini taklif etuvchi, noldan qurilgan “Zaytoon” restoranining paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi.
Restoran Zulfiya ko‘chasi, 11-uyda joylashgan. Yo‘l bo‘yida joylashgan boʻlsa ham, unchalik ko‘zga tashlanmaydi. Interyer haqida nima deyish mumkin. 44 o‘rinli oynavand zal o‘zining yorqin aksentlari va yashilligi bilan e’tiborni tortadi. Do‘stona suhbatlarni to‘ldiruvchi mumtoz musiqa fon sifatida ijro etiladi.
Menyuda falafel va xumus, aranchini va sibas, mol go‘shti vellingtoni, grilda pishirilgan qisqichbaqalar, steyklar va boshqa ko‘plab taomlar bor. Bular to‘rt yildan buyon nafaqat mahalliy aholini, balki turli mamlakatlardan kelgan sayyohlarni ham o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Buyurtma ro‘yxatidagi birinchi taom, albatta, burger edi. “Latina” steyki, achchiq-shirin tovuq va tabule alohida diqqatga sazovor. Issiq taomlar 20 daqiqadan sal ko‘proq vaqtdan so‘ng keltirildi. Ko‘p restoranlarda e’tiborsiz qoldiriladigan barcha taomlarning bir vaqtda keltirilishi kishini quvontirdi.
Oshpazlar steykning o‘rtacha pishirilishi haqidagi iltimosni deyarli bajarishdi — lekin uni qonli holatda keltirdilar. Bu jiddiy muammo emas, ammo bunday pishirilgan steykni juda kam odamlar tanlaydi. Go‘sht biroz tolali, sersuv, chimichurri sousi bilan tortilgan (140 000 soʻm).
Burger (55 000) o‘zining piyoz-pomidorli sousi va pishloq qoplangan sergo‘sht kotleti bilan ajralib turadi. Qiziqarli, ammo alohida tavsiya qilishga arzimaydigan taom.
Tovuq gazagi xamirga o‘rab, shirin-achchiq sousga botirib tayyorlanadi. Asosiy taom sifatida sersuv va ortiqcha quritilmagan tovuq ko‘kragi keltiriladi (55 000 soʻm).
Milliy taomlardan biroz tanaffus qilmoqchi bo‘lsangiz, bu joy aynan siz uchun. Go‘yo tushlikdagi palov va kechki ovqatdagi vaguri orasidagi toza havo nafasi kabi tuyuladi. “Zaytoon"da nafaqat mazali kechki ovqat yeyish, balki ish boʻyicha uchrashuvlarni o‘tkazish va oila bilan birga nonushta qilish imkoniyati ham mavjud.
Umumiy hisob: 402 500 soʻm boʻldi (15% xizmat haqi ham kiritilgan).
Material O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ko‘magida tayyorlangan.