Toshkentda 24 soat ishlaydigan 7 ta kafe va restoran (+bonus)

E’lon qilingan sana· 1 505
Toshkentda 24 soat ishlaydigan 7 ta kafe va restoran (+bonus)

Tunda uxlamaydigan yoki ish vaqti moslashuvchan boʻlgan odamlar uchun Afisha.uz Oʻzbekiston poytaxtida joylashgan va 24 soat davomida faoliyat olib boradigan 7 ta restoran hamda kafelar haqida ma’lumot beradi. Bundan tashqari, tunda ishlaydigan boshqa restoranlarga ham toʻxtalib oʻtiladi.


Alibaba

Alibaba restorani eng yaxshi Yevropa, turk va oʻzbek milliy taomlarini tatib koʻrish uchun ayni muddao boʻladi.

Narxlar:

  • issiq ovqatlar — 50 000 soʻmdan boshlanadi;
  • shoʻrvalar — 40 000 soʻmdan boshlanadi;
  • fast food’lar — 50 000 soʻmdan boshlanadi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 99−380−0007.

Manzil.


Caffee’issimo

Italiya oshxonasi taomlarini taklif etuvchi shinam kafe yozgi terassa hamda bolalar maydonchasiga ham ega. Bu yerda siz pitsa, pasta, salatlar va italyan muzqaymoqlaridan tatib koʻrishingiz mumkin. Toshkent shahrida kafening 4 ta filiali boʻlsada faqatgina Yunusobod tumanidagi filial 24 soat ishlaydi.

Ba’zi taomlar narxlari:

  • pitsa — 74 900 soʻmdan boshlanadi;
  • pasta — 74 900 soʻmdan boshlanadi;
  • kofe — 28 900 soʻmdan boshlanadi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−205−0152.

Manzil.


Diet Cafe

Toshkent shahrining Muqimiy koʻchasida joylashgan sogʻlom ovqatlanishga moʻljallangan ushbu kafe ham 24 soat faoliyat yuritadi. Bu yerda ovqatlanish oʻrtacha hisobda 30−50 ming soʻm atrofida boʻladi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−253−8922.

Manzil.


Mig Bistro

Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan yana bir kafe Mig Bistroʻda ham 24 soat davomida ovqatlanish mumkin. Bu yerda narxlar odatdagidan arzon boʻlib, tungi soat 00:00 dan 05:00 gacha 15 foizlik chegirma ham amal qiladi. Bu manzilda ovqatlanish oʻrtacha hisobda 30−50 ming soʻm atrofida boʻladi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 97−461−8979.

Manzil.


Navvat

Navvat sharqona uslubda bezatilgan restoran hisoblanadi. Zal gilamlar va yumshoq yostiqlarga toʻla boʻlib, doʻstlaringiz bilan yoki romantik kechki ovqat paytida, shuningdek, butun oilangiz bilan ham bemalol oʻtirishingiz mumkin. Muassasada korporativ bayramlar, yubileylar o‘tkaziladi.

Narxlar:

  • salatlar — 30 500 soʻmdan boshlanadi;
  • suyuq ovqatlar — 34 100 soʻmdan boshlanadi;
  • osh — 41 300 soʻm;
  • norin — 53 300 soʻm;
  • qozon kabob — 91 700 soʻm.

Murojaat uchun telefon: (+998) 99−968−6868.

Manzil.


Super Bistro

“Minor” metrosi yaqinida joylashgan bistro tizimida ishlaydigan yana bir kafe ham yuqoridagi kabi arzonligi va chegirmalari bilan ajralib turadi. Bu yerda ovqatlanish oʻrtacha hisobda 50 000 soʻm atrofida boʻladi va 00:00 dan 05:00 gacha 15 foizlik chegirma amal qiladi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−234−0739.

Manzil.


Gʻijduvon Premium

Nomidan bilib turganingizdek bu yerda ajoyib kaboblardan tatib koʻrishingiz mumkin. Bundan tashqari, menyuda boshqa milliy taomlar ham mavjud. Shuningdek, Gʻijduvon Premium restorani yozgi terassasi bilan ham maqtana oladi.

Narxlar:

  • shashlik — 16 000 soʻmdan boshlanadi;
  • salatlar — 26 000 soʻmdan boshlanadi;
  • suyuq ovqatlar — 29 000 soʻmdan boshlanadi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 55−500−2002.

Manzil.


Tunda ishlaydigan kafelar

KFC

KFC restoranlari 24 soat ishlamaydi, biroq ba’zi filiallar soat tongi 06:00 dan 04:00 gacha faoliyat yuritadi. Quyida ushbu filiallar keltiriladi.

Murojaat uchun telefon: (+998) 78−129−7000.


Evos

Tunda ham ishlaydigan yana bir fast-food tarmoqlaridan biri bu Evos’dir. Ushbu kafening barcha filiallari tongi soat 09:00 dan tungi 03:00 gacha ishlaydi.

Asosiy manzillar:

Murojaat uchun telefon: (+998) 71−203−1212.


Socials

Tunda ham ishlaydigan kafelar sirasiga kiradigan Socials’ning ikkala filiali ham ishni tongi soat 08:00 da boshlaydi. Ovqatlanish maskanining faoliyati tungi 03:00 gacha davom etadi.

Narxlar:

  • nonushtalar — 49 000 soʻmdan boshlanadi;
  • suyuq ovqatlar — 39 000 soʻmdan boshlanadi;
  • salatlar — 47 000 soʻmdan boshlanadi;
  • asosiy taomlar — 74 000 soʻmdan boshlanadi;
  • pasta — 62 000 soʻmdan boshlanadi.

Manzillar:

Murojaat uchun telefon: (+998) 99−008−8811.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov