O‘zbekistonda Costa Coffee`ning global tarmog‘i bir yoshga to‘ldi

E’lon qilingan sana· 581
O‘zbekistonda Costa Coffee`ning global tarmog‘i bir yoshga to‘ldi

13-iyul kuni yubiley sharafiga blogerlar va Costa`ning shinam muhiti muxlislari ishtirokida bayram tashkil etildi.

13-iyul kuni Buyuk Britaniyaning mashhur Costa Coffee korxonasi O‘zbekistonda bir yoshga to‘lganini nishonladi.

Tug‘ilgan kun blogerlar, qahva ixlosmandlari hamda Costa`ning qulay muhitini xush ko‘ruvchi muxlislarni birlashtirgan bayram ziyofatiga sabab bo‘ldi.

O‘tgan bir yil davomida Costa Coffee do‘stlar bilan uchrashish, ish yuritish yoki shunchaki bir finjon xushbo‘y qahvadan bahramand bo‘lish uchun sevimli joylardan biriga aylanib, o‘zbekistonliklarning muhabbatini qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Qahvaxonalarning qulay muhitida har bir mehmon boy ichimliklar tanlovi orasidan o‘ziga yoqadiganini topishi mumkin.

Tug‘ilgan kun sharafiga, qahvaxona o‘z mehmonlari uchun qiziqarli tanlovni boshladi va o‘z g‘oliblarini Costa brendiga tegishli sovg‘alar bilan xursand qildi.

Costa Coffee 50 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan ingliz qahvaxonalarining xalqaro tarmog‘idir.

Menyuda turli xil qahva ichimliklari va muqobil sut bo‘lgan variantlar ham mavjud. Mehmonlar maxsus retseptlar bilan tayyoralangan qahvadan, muzdek tetiklantiruvchi frappe, qahvadan tashqari boshqa issiq ichimliklar hamda maxsus limonadlardan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Costa Coffee qahvaxonalarining har biri o‘ziga xos bo‘lib, noyob va shinam interyerga egadir, tashrif buyuruvchilar uchun esa yoqimli musiqiy hamrohlik hamda bepul Wi-fi ham mavjud.
Shuningdek, har bir xodim qahvaxonalar tarmog‘idan birida joylashgan Costa Coffee akademiyasida tahsil olayotgan professional yuqori malakali baristdir.

Costa Coffee jamoasi kelajakga qaratilgan optimizmga to‘ladir. Kelajakda yanada ko‘proq o‘zbekistonliklar sevimli qahvalarining taʼmidan bahramand bo‘lishlari uchun qahvaxonalar tarmog‘ini kengaytirish rejalari mavjud. Shuningdek, menyu xilma-xil hamda qiziqarli bo‘lishi uchun unga yangi ichimliklar va tamaddilarni kiritish ham rejalashtirilgan.

Restoran manzillari va ish vaqti:

  • M-1 dahasidagi filial: Mahatma Gandi ko‘ch., 14 — 7:00 dan 2:00 gacha;
  • WIUT yaqinidagi filial: Istiqbol ko‘ch., 17 — 8:00 dan 23:00 gacha;
  • Taras Shevchenko ko‘chasidagi filial: Taras Shevchenko ko‘ch., 21 — 8:00 dan 00:00 gacha.

Facebook: fb.com/CostaCoffeeUzbekistan
Instagram: @costacoffee_uzbekistan
Telegram: t.me/costacoffee_uz

Reklama huquqlari asosida.