Ashaddiy anime muxlislari uchun: "Kitsune" kafesiga sharh

E’lon qilingan sana· 898
Ashaddiy anime muxlislari uchun: "Kitsune" kafesiga sharh

Sevimli teleseriallaringizdagi taomlar, anime namoyishlari va kospleychilar uchun ziyofatlar — biz sizga "Kitsune" anime-kafesida qanday qiziqarli narsalar borligi haqida aytib beramiz.

“Kitsune” paydo boʻlishi bilan Toshkentda anime muxlislarini birlashtiradigan toʻliq tematik makon paydo boʻldi. Anime — butun dunyoni qamrab olgan bir madaniyat turi hisoblanadi. Netflix hisobotlariga koʻra, animelarni soʻnggi uch yil ichida 100 million akkaunt foydalanuvchilari tomosha qilishgan.

Nega bu janr bunchalik mashhur? Muxlislarning fikriga koʻra, serial nafaqat bolalar, balki oʻsmir va katta tomoshabinlar uchun ham ishlab chiqarilgan boʻlib, tomoshabinga emotsionallik va xilma-xil janrlar ulashadi. Darhaqiqat, animatsion formatga qaramay, anime insoniy his-tuygʻularni, munosabatlarni va doʻstlikni tuygʻularini yetkazib bera olishi bilan ajralib turadi, tomoshabinni nima boʻlayotganini tushunishga undaydi.

Ovqatlanish masalasiga kelsak, anime kafelari Yaponiyaning deyarli barcha koʻchalarini qamrab olgan. Ular anime va shunchaki ulardagi qahramonlardan ilhomlangan taomlarni taklif qilishadi.

Anime muxlislarining Toshkentdagi maskani Seul Mun qirgʻogʻi boʻyida joylashgan. Ikki qavatli kafega ushbu nom mashhur animedagi super kuchga ega boʻlgan tulki qahramon Kitsune sharafiga berilgan. Kafe interyerida anime uslubidagi chizmalar, neon belgilar va real oʻlchamdagi personajlarni koʻrish mumkin. Har kuni ikkinchi qavatda anime shoulari oʻtkaziladi, ularning afishasini kafening Instagram sahifasidan topish mumkin. Qoʻshimcha oʻyin-kulgular ichiga manga va kitoblar ham kiradi, ularni stoldan olib bemalol oʻqishingiz mumkin.

“Kitsune"ning afzalliklari shu bilan tugamaydi: menyuda mashhur seriallardagi taomlar mavjud — “Josuslar oilasi"dagi Anining sevimli Omuraisu taomi, “One Punch Man"dagi tovuq va sakkizoyoqli takoyaki, “Sehrli jang"dagi soba va, albatta, xuddi “Naruto"da kechki ovqatda noʻlgani kabi — ramyon. Menyuda jami 12 xil taom bor, jumladan, pishloqli tangachalar, taiyaki va onigiri ham mavjud. Taomlar narxlari 15 000 soʻmdan boshlanadi.

Mening buyurtmamga, albatta, ramyon (75 000 soʻm) va shirin taiyaki (har biri 15 000 soʻm) kirdi. Barcha mahsulotlarning tarkibi haqida tezda gapirib beradigan ofitsiantning maslahati bilan ikkinchi issiq taom tonkatsu (50 000 soʻm) boʻldi va gazaklar orasida men tovuqli takoyakiga (30 000 soʻm) buyurtma berdim. Bar menyusini standart, ya’ni oʻrtacha deyish mumkin, undan buyurtma uchun qulupnay-apelsinli choyni qoʻshdim.

Birinchi taomlarni buyurtma qabul qilingandan keyin 10 daqiqadan soʻng torta boshlashdi. Ular tayoqchalarni taklif qilishmadi, oddiy qoshiq va vilkalar taqdim etishdi. Aslida Tonkatsu — maydalangan karam va yaxshi qovurilgan choʻchqa goʻshtidan qilinadi. Kitsune oshxonasi halol boʻlgani uchun bu yerda tonkatsu mol goʻshtidan tayyorlanadi. Taom guruch, karam-sabzili salat va barbekyu sousi bilan tortiladi. Oshpaz goʻshtning tiniq pishiqligi va yumshoqligi oʻrtasida muvozanatni saqlashga erishgan.

Ramyonga kelsak, u maksimal darajada oʻylaganimdek boʻlib chiqdi. Lapshalar uyda tayyorlangan, baliqdan tayyorlangan bulyon besh soat davomida qaynatilgan va narutomaki bilan bezatilgan. Ramyonga tovuq, shiitake qoʻziqorini, unib chiqqan loviya, nori barglari va tuxum qoʻshiladi. Uzoq vaqt qaynatish tufayli bulyon boy va yorqin ta’mga ega boʻlib chiqadi. Baliqli shoʻrvalarni sevuvchilar uchun ayni muddao.

Takoyaki xamirli toʻpchalari yapon koʻcha taomlarining mashhur turlaridan biri boʻlib, ular maxsus shaklda tayyorlanadi. “Kitsune"da tovuqli takoyaki shirin va nordon tonkatsu sousi, mayonez va yashil piyoz bilan tortiladi. Havodor xamir tufayli u juda yengil boʻladi va asosiy taomni toʻldirib turadi.

Vafli xamiridan tayyorlangan Taiyaki pechenyelari ikkita ta’mda tayyorlanadi — olmali va shokoladli. Birinchisida olma dolchin bilan qovuriladi va krem bilan dasturxonga tortiladi. Ikkinchi turida esa sutli shokolad qoʻshiladi. Ovqatdan keyin tanovul qilish mumkin boʻlgan ajoyib mini-desert.

Anime tematikasidagi ikki kishilik kechki ovqat, 15% xizmat haqini hisobga olsak, jami 253 000 so‘mni tashkil qildi.

Yaqin kelajakda kafe kino haftaliklarini rejalashtirmoqda, ular davomida seriallar asosida maxsus menyu tayyorlashadi. Bu doʻstlar bilan anime tomosha qilish va qahramonlarning sevimli taomlarini tatib koʻrib, vaqt oʻtkazish uchun ajoyib imkoniyat.

Vika Chmikhalova
Muallif va fotosuratchi
Vika Chmikhalova