O'zbekistonda tilla solingan 40 000 000 so'mlik osh tayyorlanmoqda
E’lon qilingan sana: · 31 912
Qo’qon shahrida joylashgan “Piramida” restorani so’nggi kunlarda tilla solingan taomlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Afisha.uz muxbiri ushbu xabarlarga oydinlik kiritish uchun restoran ma’muriyati bilan bog’landi.
Ular taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra, tilla (zarvaraq) solingan taomlar quyidagicha baholanadi:
- 1 kg osh — 40 000 000 so’m;
- kabob (qiyma, 1 ta six) — 470 000 so’m;
- steyk (1 ta porsiya) — 500 000 so’m.
Shuningdek, tilla qo’shilgan kofe va muzqaymoqlar ham taqdim etiladi.
Xonadonning o’zida ham taomlarni tayyorlash uchun restoran xodimlarini chaqirtirish mumkin. Bunda xizmat haqi — 5 000 000 so’m etib belgilanadi.
Ta’kidlanishicha, ovqatlarga Germaniyadan buyurtma qilib keltirilgan, iste’mol uchun chiqarilgan tilla (zarvaraq) ishlatiladi.