"Chorlar" restorani: o‘zbek oshxonasining o'ziga xos taronasi

E’lon qilingan sana· 3 256
"Chorlar" restorani: o‘zbek oshxonasining o'ziga xos taronasi

2000-yillarning boshida bog’lardagi kafelar (Brodvey esingizdami?) juda mashhur edi. Atrofda musiqa jaranglab turardi, bolalarning qiyqirig’i va shovqini eshitilib turardi. Bunday kafelarda odam gavjum bo’lar edi, lekin siz har doim bo’sh joy topa olardingiz. Biz katta bo’ldik, bog‘lar ham o‘zgardi, ko‘ngilochar maskanlarda ovqatlanish madaniyati o‘zgardi. Abadiy qoladigan narsa — mazali taomga bo’lgan muhabbat va uydan chiqishingiz bilanoq nimadir yeyish istagi.

Milliy bog’ga sayr qilganimizdan so’ng milliy taomlar tayyorlaydigan “Chorlar” kafesi yonidan shunchaki o’tib keta olmadik. Bog’ning qoq markazida — Magic City`dagi Noyshanshtayn qal’asi va “Qumlik” qumli plyaji o’rtasida, korpachalar to’shalgan kafe e’tiborni tortadi. Bu sobiq Komsomol ko’li bo’yida joylashgan yozgi terassa. Ichki makon qo‘shni mahalladagi eski loy suvalgan uy uslubida dizayn qilingan, devorga bedanalar va gilamlar ilib qo‘yilgan.

Menyu kichik, lekin unda o’zbek oshxonasining asosiy taomlari mavjud. Yozning jaziramasiga qaramay ishtaha so‘nmaydi, shuning uchun dasturxonimiz milliy noz-ne'matlarga to‘ldi. An’anaviy “Toshkent” salati, maxsus “Tovuqli chorlar” salati, Cho’ban, palov, barbekyu, bolalar bilan kafega borganda universal taom — kartoshka-fri buyurtma qildik. Oxirgisi menyuda yo’q, lekin ofitsiant qo’shimcha oshxona variantlarini taklif qildi.

Taomlar tezda olib kelindi. Birinchi bo’lib salatlar, kartoshka-fri va palov, 15 daqiqadan so’ng — kabob (shashlik) taqdim etildi. Salat porsiyasi kichik ko’rindi, lekin aslida, asosiy taomlar bilan buyurtma qilinganida, ular sizni ortiqcha ovqatlanishdan qutqarishi mumkin. “Toshkent” salati uchta asosiy masalliqdan iborat — mol go’shti, turp va mayonez. Oddiy, ammo to’yimli.

“Tovuqli Chorlar” salatiga qovurilgan tovuq go’shti, pomidor, qaymoqli sousli salat aralashmasi, pishloq va yong’oqlar solingan — Sezar salatini qayta ishlangan yangi turi. Bu bizga unchalik ham yaxshi tanlov bo’lib ko’rinmadi — xitoy karamining achchiq ta’mi boshqa masalliqlarning ta’mini sezdirmadi. Cho’ban salatiga an’anaviy ravishda ishtahani ochadigan tetiklantiruvchi limon suvi oqizilgan va mayda to’g’ralgan pomidor, bodring va yong’oq qo’shilgan edi.

Kartoshka-fri donachalari yoqimli ma’noda bizni ajablantirdi. Kartoshka donachalari qarsildoq, tashqi tomoni yaltiroq, ichki qismi yumshoq edi. Porsiya katta, ketchup bilan tortildi.

Palov o‘zbek oshxonasining asosiy boyligi hisoblanadi. Va bu yerda siz uni yakshanba kuni ham yeyishingiz mumkin! Porsiya odatdagi choyxona palovidan kattaligi bo’yicha ikki barobar farq qiladi — bu yerda ikki baravar kichikroq. Ammo, do’stlar davrasida va gazaklar bilan, lagandagi bunday porsiya sizni ortiqcha ovqatlanib yuborishdan qutqaradi.

Kabobning bo’laklari kichkinaroqdek tuyuldi, go’sht juda qattiq va haddan ortiq qovurib yuborilgandek edi.

Ays-ti tarxun yoqimli ta’mga ega, ammo agar siz o’zingizni shirinliklardan cheklayotgan bo’lsangiz, u yoqimsiz tuyuladi.

Xizmat ko’rsatish yaxshi edi. Ofitsiant bizga menyu bo’ylab yo’nalish berdi va bizni e’tiborsiz qoldirmadi, salfetkalarni olib, ays-ti quydi.

Siz bu qismni o’qimaganingizda ovqatlanish oxirida sizni kutilmagan sovg’a kutayotgan bo’lishi mumkin edi — “Chorlar"da xizmat ko’rsatish pullik va 20% turadi. Menyuda nima yozilmagan bo’lsa ofitsiant tomonidan oldindan bu haqda aytilmadi. Menyu test tariqasida qo’yilgan va tez kunlarda almashtirilsa kerak deb o’ylash mumkin, ammo muassasa mart oyidan beri ishlamoqda. Va qo’shimcha xarajatlar haqida ma’lumot yo’qligi mehmonlardan xizmatlar ko’rsatish shartlarini yashiradi.

Buyurtmadagi buyumlarning narxi:

  • Grafinda tarxun — 60 000 so‘m
  • Non — 6 000 so’m
  • Tovuqli chorlar — 28 000 so’m
  • Toshkent salati — 28 000 so‘m
  • Kartoshka-fri — 20 000 so’m
  • Cho’ban — 22 000 so’m
  • Kabob (shashlik), mol go’shti — 18 000 so’m
  • Barbekyu — 25 000 so’m
  • Bayram palovi — 35 000 so‘m

To’lov: 290 400 so’m.

Vika Chmikhalova
Muallif
Vika Chmikhalova
Chorlar
    Т.Расулова ko‘ch., 1, Chilonzor tumani
    Chorlar
    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ