Gruzin: Toshkentdagi yangi restoranga sharh

E’lon qilingan sana· 1 820
Gruzin: Toshkentdagi yangi restoranga sharh

Toshkentdagi gruzin taomlari restoranlari har doim o’zgacha muhitga ega bo’lib, sizni Sakartveloga olib borgandek bo’ladi. Mehmondo’st, to’yimli va do’stona muhitda — vaqtni zavq bilan o’tkazish uchun bunday oshxonalarga yana qaytib borishni xohlaysiz. Shunday joylardan biri Sultonali Mashxadi ko’chasi, 57-uyda, restoranlar ko’chasida joylashgan yangi Gruzin restorani bo’ldi.

120 kishiga mo‘ljallangan ushbu restoran ikki qavatga bo‘lingan. Birinchi qavat ochiq oshxona bilan birlashtirilgan. Bu yerda stollar qor-oq dasturxon bilan qoplangan, shiftlar esa ipak abajurlar bilan bezatilangan, ular tandemda romantik muhit hosil qiladi.

Ikkinchi qavatning kayfiyati mehmondo’st tavernani aks ettiradi. Kunduzi yorqin quyosh nurlari derazalar orqali zalga kirib, uni gruzin musiqasi bilan birga iliqlik bilan to’ldiradi. Kechqurunlari restoran sahnasida mehmon san’atkorlarning jonli qo’shiqlari yangraydi.

Gruzin retoranida oshxonani Marika Rexviashvili boshqaradi. Va, albatta, menyu ko’plab go’shtli, sabzavotli va xushta’m ziravorli taomlardan iborat. Bar menyusida uzumli ichimliklar va limonadlarning keng assortimentini ko’rish mumkin.

Gruziya oshxonasi bo’ylab sayohatni an’anaviy taomlar bilan boshlashga qaror qildik. Shu sababli, ko’pchilik uchun sevimli va hurmat qilinadigan ikki turdagi xinkali (klassik va qovurilgan), tovuq chaxoxbili, ishtahaga ishtaha qo’shish uchun pishirilgan baqlajon rollari va Ojaxuri salatini buyurtma qildik.

Buyurtmadagi barcha taomlar 20 daqiqa davomida navbatma-navbat dasturxonga tortildi. Ojaxuri salati — achchiq-chuchukning gruzincha talqiniga o’xshadi. Unda pishgan pomidorlar, qarsildoq bodringlar va xushbo’y Kaxetiya moyi bilan ziravorlangan xushbo’y rayhon bo’lib, sabzavotlarning ta’mini yangi tomondan ochib beradi. Ushbu moyni oddiy o’simlik moyidan farqi, u qo’l pressida tayyorlanadi va kunjut urug’i moyiga o’xshab ketadi.

Baqlajon rollarining ta’mi neytral bo’lib chiqdi. Qovurilgan baqlajon bo’laklari pishloqli pashtetga va maydalangan yong’oqlarga o’ralgan. Kavkaz taomlaridagi ziravorlar ta’sirini kamaytirmoqchi bo’lsangiz bu ayni muddao.

Buyurtmadan 10 daqiqa o’tgach, bizga tovuqli Chaxoxbili va yana 10 daqiqadan so’ng — uzoq kutilgan xinkali taqdim etildi. Chaxoxbili bilan birga garnir sifatida qizil karam tortildi. Tovuq go’shti sersuv, o’rtacha achchiq xushbo’y qaylali edi. Bir porsiyasi sizni ish kuni davomida to’q tutish uchun yetarli.

Ishonch bilan aytishim mumkinki, Gruzin restoranida xinkalini qanday tayyorlashni juda yaxshi bilishadi! Yupqa xamir qoplariga o’ralgan, to’g’ralgan ko’katlar va ziravorlar hamda yumshoq maydalangan mol go’shti va qo’y go’shti ajoyib ta’m shakllantiradi. Ichidagi bulyon esa taomning boy ta’mini yaxshi yetkazadi.

Bu yerda xizmat ko’rsatishda ham muammo yo’q. Taomlar tezda taqdim etildi va ofitsiantlar menyu haqidagi savollarga ishonch bilan javob berishdi.

Buyurtmadagi taomlarning narxi:

  • Qovurilgan xinkali — 51 000/3 dona
  • Xinkali — 51 000/3 dona
  • Baqlajonli rollar — 78 000 dona
  • Ojaxuri — 42 000
  • Tovuqli chaxoxbili — 68 000

Jami hisob-kitob, 15% xizmat haqi bilan birga hisoblanganda 333 000 so‘mni tashkil etdi.

Vika Chmikhalova
Muallif va fotosuratchi
Vika Chmikhalova