Teppanyaki yaratuvchisidan: Sanibel nomli yangi kafening sharhi

E’lon qilingan sana· 1 810
Teppanyaki yaratuvchisidan: Sanibel nomli yangi kafening sharhi

Akrom Mirsaidovning yangi muassasasi konseptual jihatdan butunlay boshqacha bo‘lib, mehmonlarga Yevropa taomlarini hamyonbop narxlarda taklif etadi.

O‘zbekistondagi birinchi teppanlar restorani asoschisi va oshpazi tomonidan yangi kafe ochilgani yoqimli syurpriz bo‘ldi. Yangi muassasa — Sanibel — konseptsiya jihatidan butunlay boshqacha bo’lib, mehmonlarga Yevropa taomlarini hamyonbop narxlarda taklif etadi.

“Sanibel” Florida orollaridan birining nomi bo’lib, sayyohlar orasida qulay dam olish maskani sifatida mashhur hisoblanadi, va bu muassasa Akrom Mirsaidovning gastronomik hayotidagi muhim sahifadir. Axir, u Teppanyaki ochilishidan oldin bir necha yil Sanibeldagi restoran oshxonasida ishlagan, mehmonlardan minnatdorchilik maktublarini olgan.

Toshkentcha Sanibel Muqimiy ko’chasining 1-yo‘lagi, 8A manzilida joylashgan bo‘lib, hozirda test rejimida ishlamoqda. Joy juda shinam, bu esa o’ziga xos kayfiyat bag’ishlaydi. Muassasa unchalik katta emas, yorqin ranglarda va asosiy afzalligi amerikancha “orol oshxonasi” bo’lib, u “okean o’rtasidagi tinch burchak mavzusini ifodalaydi”.

Kafe bilan tanishganimda meni hayratga solgan birinchi narsa bu menyudagi mahsulotlarning maqbul narxlari va xizmat ko’rsatish uchun foizning kichik ekanligi bo’ldi. Buyurtma berish uchun klassik kafe taomlari — steyklar, pasta, O’rta yer dengizi baliqlari va turli xil ta’mdagi salatlarni taklif etiladi. Bu yerda nonushta to’plamlari yo’q, lekin sendvichlar va qahva uyg’onish uchun eng yaxshi muqobil bo’la oladi.

Bar menyusi detoksli yangi sharbatlar, limonadlar, maxsus va sifon choylari hamda gazlangan ichimliklardan iborat. Delicatessen, Sanibel bilan bitta kirish qismdan iborat gastronom bo’lib, bu yerdan siz yoqimli ovqatlanish taassuroti uchun bir shisha oq yoki qizil vino sotib olishingiz mumkin. Alkolgolli ichimlik taqdim etilishi uchun xizmat haqi umumiy hisobning 20 foizini tashkil qiladi.

Buyurtmamizni Vitello tonnato (65 000 so‘m), pomidor va rayhonli brusketta (27 000 so‘m), mol go‘shtidan medalyonlar (80 000 so‘m), dorado (85 000 so‘m) va choy tashkil qildi.

Choy birinchi navbatda besh daqiqa ichida berildi. Buyurtmani kutayotganda, siz ochiq oshxonada taomlarni tayyorlash jarayonini tomosha qilishingiz mumkin, agar xohlasangiz, umuman turishingiz — oshxonadan barga o’tishingiz mumkin. Gazaklar 20 daqiqa ichida, issiq ovqatlar esa 40 daqiqadan so’ng taqdim etildi.

Vitello tonnatto baliqli sousga botirilgan yupqa go’sht bo’laklari va kapers hamda pishirilgan pomidorlar bilan tortildi, yangi pomidorli brusketta esa bagetda taqdim etildi. Mehmondorchilikda ular yengil kechki ovqatni o’rnini bosishi va asosiy taomdan oldin ishtahani uyg’otishi mumkin, hattoki siz oldin to’yib ovqatlanishni maqsad qilmagan bo’lmasangiz ham.

Nozik va xushbo’y dorado grillda tayyorlanadi va piyoz, cherri pomidorlari hamda qovurilgan ismaloq bilan bezatilgan. Qaymoq va qo’ziqorinli sousida tortilgan mol go’shtili medalyonlarning bir qismi grillda pishirilgan sabzavotlar bilan taqdim etiladi va gazaklar bilan birgalikda ajoyib to’yimli kechki ovqatga aylanadi.

Asosiy taomlardan so’ng, biz shirinlik yeb ko’rishga qaror qildik. Bu yerda mashhur shirinliklar, jumladan shokoladli fondan, tiramisu va biz buyurtma qilgan mango-marakuyyali tropik chizkeyk bor.

Desert — buyurtma berib ko’rishingizni tavsiya qilaman — marakuyya meva donachalari va ustidan shokolad bilan bezatilgan nozik mango suflesi gastronomik oqshomning eng yuqori cho’qqisi bo’ladi, buning natijasida siz bu yerga yana kelishni xohlaysiz.

Xizmat ko‘rsatish uchun 10% haq hisobga olinsa, umumiy hisob 365 200 so‘mni tashkil qildi.

Vika Chmikhalova
Muallif va fotosuratchi
Vika Chmikhalova