#FARШ Toshkentda: yangi burgerxona nimasi bilan ajralib turadi va u yerga nima uchun borish kerak?
2022-yil oxiriga kelib Arkadiy Novikovning #FARШ go’shtli taomlar franshizasi poytaxt restoranlari qatoriga qo’shildi. Bu restoratorning O‘zbekiston bozoridagi ikkinchi franchayzing loyihasi bo‘lib, ularning har biri turli xoldinglar tomonidan boshqariladi.
Yangi burgerxona Mirobod ko’chasi, 9A, “Mirabad Avenue” turar-joy kompleksi qarshisida joylashgan. Ichki qism dizaynida industrial uslub ustunlik qiladi, devordagi metall buqa boshlari o’rnatilgan. Stollardan holi bo’lgan kirish qismi ostonadan turib muhitni his qilish va o’zingizga yoqqan stolni tanlash imkonini beradi. Kiraverishdan burningizga uriladigan ovqat hidini minuslar qatoriga qo’shish mumkin.
Kechqurun jonli muhitni ko’rish mumkin — mehmonlar tez va samimiy kechki ovqatdan keyin bir-birlari bilan o’rin almashib, oshxonadagi ishchilarda dam olishga fursat bo’lmaydi. Shu bilan birga, zalda faqat bir nechta stol va panoramik derazali bar peshtaxtasi oldidagi joy bo’sh turadi.
Menyuning asosiy taomi — Aberdin-angus marmar mol go’shtidan tayyorlangan burgerlar bo’lib, u o’ziga xos shiraliligi va boy ta’mi bilan ajralib turadi. Bu uning tarixi bilan bog’liq tarmoqning asosiy xususiyati — 2015-yilda restoran loyihasi va “Miratorg” qishloq xo’jaligi xoldingi birlashishgan.
Yangicha ta’m kombinatsiyalarini sevuvchilar bu yerda yangi ilhom manbalarini topishadi: #FARШ kartoshkali bulochkalarda 14 turdagi burgerlarni taqdim etadi. Kassada buyurtma berish orqali go’shtni qanchalik qovurishni o’zingiz tanlaysiz — bu muassasada mehmonlar o’z-o'ziga xizmat ko’rsatadi. Bu yerda, shuningdek, porsiyaning necha gramm ekanligini ko’rish mumkin.
Burgerlarning har biri o’z nomiga xos ravishda turlicha masalliqlarga ega bo’lib, bu yerda ularni ayashmaydi. Shu bilan birga, har bir masalliqlarning o’z joylashuvi mavjud va bu oshpaz sizga yetkazmoqchi bo’lgan ta’mni aks ettiradi.
“Kamamburger” — gilos-tryuffel sousi bilan pishirilgan kamber pishloqi, qovurilgan tuxum bilan pomidor va tuzlangan bodring, bekon, qizil piyoz va kinzali falafel — bu ko’p darajali ta’mi bilan hayron qoldirgan taomlardan biri bo’ldi.
Burgerlardan tashqari, menyuda yengil salatlar, kartoshka-fri, piyozli halqalar va naggetslar ko’rinishidagi bifshteks va gazaklar mavjud. Kola, fanta, sharbatlar va maxsus ichimliklar go’sht ta’miga ta’m qo’shadi.
Buyurtmamiz ichiga “Kamamburger” (95 000 so‘m), “Брянский парень” (80 000 so‘m), kartoshka-fri va piyozli halqalar (25 000 va 20 000 so‘m) kirgan edi. 20 daqiqadan so’ng buyurtma tayyor bo’ldi va biz #FARШ ta’m kombinatsiyalari bilan tanisha boshladik. Burgerlar katta va juda to’yimli.
Gazaklar standart bo’lib, tuzlangan bodring bilan stolga tortildi. Har bir stolda ketchup va xantal bor hamda menyuda to’qqiz turdagi souslar ham mavjud.
Ikki kishiga burger, gazak va ichimliklar uchun hisob jami 265 ming so‘mni tashkil qildi.