Bosphorus restoranida Turk bo'g'oziga xos kayfiyat

E’lon qilingan sana· 626
Bosphorus restoranida Turk bo'g'oziga xos kayfiyat

Istanbul Bosfori nafaqat manzarasi, balki ajoyib restoranlari bilan ham mashhur. Ularning derazalaridan bo’g’ozning maftunkor manzaralari ochiladi va ichkarida o’ziga xos atmosfera hukm suradi. Aynan siz mazmunli uchrashuvlar o’tkazish va ovqatlanishdan zavqlanishni xohlaydigan muhit. Shunday qulaylik va kayfiyat qidirib biz Toshkentdagi Bosphorus restoraniga bordik. Ushbu joy men aytayotgan kayfiyatni yetkazishga muvaffaq bo’ldimi yoki yo’q, maqolani o’qib, o’zingiz baho bering.

Ko’zga tashlanadigan birinchi narsa — miltillovchi chiroqlar bilan bezatilgan Bosfor ko’prigining barelyefi. Tematik tarzda yaratilgan jabhaga qarab, siz tezda ichkariga kirishni xohlaysiz.

Kirish qismida mehmonlarni do’stona xizmatchilar kutib olishadi va joy tanlashda istaklarni juda aniq inobatga olgan holda stolingizga kuzatib qo’yishadi. Ichki qismi zamonaviy uslubda yaratilgan, ammo oltin elementlarning ko’pligiga qaramay, interyer vazmin va xotirjam ko’rinadi.

Restoran keng va vizual ravishda uchta zonaga bo’lingan. Restoran bo’ylab turk musiqasi qulog’ingiz ostida yangrab turadi, zalda esa qo‘shni stollardagi ovoz bazo’r eshitiladi. Nozik ritm sizning e’tiboringizni turk taomlariga va siz bilan birga kelgan insonga bag’ishlashga chaqiradi.

Ofitsiant kelib ovqatlanish anjomlarini taqdim etgach, biz taom tanlashga kirishdik.

Menyu elektron ko’rinishda, ya’ni iPad`da. Biroq, siz u orqali ovqatlarga buyurtma bera olmaysiz va unda taomlarning tavsifi yo’q edi. Chiroyli suratlar va ofitsiantning maslahatiga tayanib “sach kovurma” (108 000 so‘m), gazaklar to‘plami (78 000 so‘m), har bir turk ziyofatida tortiladigan — lahmajun (32 000 so‘m) tanlashga qaror qildik.

Bepul ichimlik sifatida beriladigan tetiklashtiruvchi turk choyi bilan buyurtmani kutish vaqti biroz qisqargandek bo’ldi. Dasturxonga kelgan ishtahali gazaklar assortimenti sarma, humus, qovurilgan baqlajon, suzma, yogurtli lavlagi va “patlijan ezmesi"dan iborat edi. Ularning har biri yoqimli va boy ta’mga ega — bitta porsiyasini bemalol to’rt odam bo’lishishi mumkin.

Lahmajunning hajmi standart bo’lib, ko’katlar, bir tilim limon va pomidor bilan tortildi.

Gazaklar tortilganidan 15 daqiqa o’tgach, asosiy taom — sabzavotli go’sht taqdim etildi, taom menyudagi fotosuratdan sezilarli darajada farq qildi. Mol go’shti, xuddi sabzavot kabi, qovurilgan va yog’ga botirilgan holda edi. Ziravorlar miqdori o’rtacha, chili qalampirining o’tkirligi esa yengil darajada. Idishning yog‘liligi tufayli uni tugata olmadik. Keyinchalik ofitsiant ta’kidlashicha, ushbu taom huddi shunday ko’rinishda tortilar ekan.

Taomlar ko’ngildagidek bo’lmaganini biz shirinliklar bilan “kompensatsiya” qilishga qaror qildik va adashmadik. Loydan yasalgan idishga solingan guruchli puding (22 000 so’m) — kuydirilgan syutlach — o’rtacha darajadagi shirin desertdir. U yoqimli zichlik va nozik ta’mga ega.

Paxlava ham bir o’rtacha shirinlikka ega bo’lib, og’izda erib ketdi. U restoran qandolatchilari tomonidan tayyorlanadi va faqat bo’lakcha hajmida emas, balki grammiga qarab ham sotilar ekan.

Bir donasi uchun narxlar:

  • Kvadrat paxlava — 19 000 so’m;
  • Pistali sarma — 24 000 so‘m;
  • Kremli amulet — 36 000 so’m;
  • Pista bilan qovurilgan kadaif — 46 000 so‘m.

E’tiborli xizmat ko’rsatish va tabassum bilan kutib oluvchi ofitsiantlar yoqimli taassurot qoldiradi va yana qaytib kelish istagini uyg’otadi.

Jami hisob, 13% xizmat haqini inobatga olgan holda, 419 750 so‘mni tashkil etdi.

Vika Chmikhalova
Muallif
Vika Chmikhalova