Dubayda kengligi 22,5 metr bo‘lgan osmono‘par bino quriladi
E’lon qilingan sana: · 158
Dubayda kengligi atigi 22,5 metr bo‘lgan osmono‘par bino qurilishi rejalashtirilmoqda. Yangi bino Nyu-Yorkdagi eni 18 metrlik Steinway Tower’dan keyin dunyodagi eniga eng kichik ikkinchi osmono‘par bino boʻladi.
Ispaniyaning “RCR Arquitecte” studiyasi ishlayotgan loyiha “Muraba Veil” deb nomlanadi. Ushbu studiya avvalroq arxitektura sohasidagi yutuqlari uchun Pritsker mukofotini olgan.
Bino 73 qavatli, 131 xonadon, restoran, konferens-zal, umumiy loja, spa, padel tennis korti va xususiy kinoteatrdan iborat boʻladi. Osmono‘par binoning balandligi 380 metrni tashkil qiladi.
“Muraba Veil” qurilishi 2028-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Undagi uy-joyning kutilayotgan narxi 18 000 000 dirham (62 746 800 000 so‘m) ekani aytilmoqda