"Apple" rasman O‘zbekistonda – "iSpace" do‘konining ochilishi qanday o‘tdi?
Afisha.uz muxbiri Tashkent City Mall'dagi "iSpace" do‘konining ochilishida qatnashdi va quyida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tashkent City Mall’dagi “iSpace” O‘zbekistondagi Apple kompaniyasi mahsulotlarini sotadigan birinchi rasmiy do‘kondir. U “Apple Premium Reseller” maqomini oldi, bu korporatsiya tomonidan doʻkonni toʻliq nazorat qilishni nazarda tutadi.
Doʻkon “Apple"ning barcha standartlariga javob berish uchun sinovdan oʻtkazildi. Doʻkondagi iPhone’lar qoʻyilgan stendlarining qaysi burchakdan turishidan tortib, oyoq ostidagi plitkalarning oʻlchami va sifatigacha — hammasi sinovdan oʻtgan va Apple talablariga javob beradi.
Do‘kondagi barcha gadjetlar O‘zbekistonga rasman keltirilgan. Shunday qilib, endi toshkentliklar iPhone, MacBook, AirPods va tishlangan olma logotipi tushirilgan boshqa gadjetlarni rasman xarid qilishlari mumkin.
Bundan tashqari, iSpace’da xarid qilishdan oldin Apple’ning eng so‘nggi mahsulotlarining butun assortimentini nafaqat ushlab koʻrish, balki ulardan to‘liq foydalan ham mumkin. Masalan, katta AirPods Max quloqchinlarini taqib, sinab koʻrishingiz mumkin, ular qanchalik yengil yoki ogʻirligini koʻrishingiz mumkin. Shuningdek, iPhone va iPad’larning funksionalligini tekshirish va gadjetlar uchun original aksessuarlarni tanlash mumkin.
Do‘konda allaqachon iPhone 15 smartfonlarining barcha ranglari va Pro modellari, shuningdek, mini modeldan tortib 12,9 dyuymli diagonali ekranga ega eng murakkab Pro-gacha bo‘lgan iPad planshetlari ham bor. Bundan tashqari, do‘konda rangli iMac kompyuterlari, barcha so‘nggi “Apple” quloqchinlari, aqlli soatlari, turli konfiguratsiyadagi joriy MacBook’lar, shuningdek, Apple Studio Display monitori mavjud.
Do‘kondagi sotuvchilar odamlarni bu yerga nafaqat xarid qilish, balki shunchaki kirib aylanib chiqishga ham undaydi — ular har bir tashrif buyuruvchini samimiy tabassum bilan kutib olishadi. Har bir maslahatchi pozitivlikni va iloji boricha koʻproq sotishni emas, balki yordam berishni istaydi.