Teatrlar

O'zbek milliy akademik drama teatri

    Manzil
    Toshkent, Alisher Navoiy ko‘ch., 34

    Tavsif

    Teatrda spektakllar o’zbek tilida o’tkaziladi. O‘zbek tilini bilmaydigan tomoshabinlar uchun qiziqarli musiqiy va plastik chiqishlar taklif etiladi. O‘zbek Milliy akademik drama teatri sahnasida turli janrdagi spektakllar — komediya, drama, tragediya, mumtoz asarlar va zamonamiz mualliflarining pyesalari sahnalashtirilmoqda. Komediya spektakllari turli kundalik vaziyatlarni ko’rsatadi, insoniy hazildan, an’anaviy ko’cha teatri texnikasidan, shuningdek, qadimgi odatlarning zamonaviy talqinlaridan foydalanadi. Teatrning tomosha zalida 540 oʻrin mavjud. Chiptalarni oldindan yoki bevosita spektakllardan oldin sotib olish mumkin.

    Teatr oʻz tarixini 1914-yilda Abdulla Avloniy tomonidan “Turon” nomli truppa tashkil qilganidan boshlangan boʻlsa, keyinchalik bu truppa professional drama teatriga aylanib, 1937-yilda hukumat qarori bilan akademik teatr unvonini olgan.

    Chiptalar narxi: 60 000 so‘mdan 90 000 so‘mgacha.

    12 yoshdan kichik bolalar kirishi taqiqlanadi.

    Barcha chiqishlar o’zbek tilida olib boriladi.

    Jadval

      Materiallar