Uchburchak
![Uchburchak](/uploads/media/2025/01/b9439ced0ad68fb8de0bc4a0f39ebee2.jpg)
![](/uploads/media/2025/01/eda0664e42e2444361f5a7cf02911802_s.webp)
![](/uploads/media/2025/01/7cbf6389436fff2553ef5bd0b8b95b95_s.webp)
![](/uploads/media/2025/01/410bd571d0948f7d51688e8b67a23401_s.webp)
![](/uploads/media/2025/01/4c5765583bf183e4b4ce0b89e179b104_s.webp)
Tavsifi
Ushbu spektakl mashhur qirgʻiz yozuvchisi va dramaturgi Maar Bayjiyevning “Duel” nomli novellasi asosida “Uchburchak” nomi bilan sahnalashtirilgan. Mazkur asar dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlari teatrlarida sahnalashtirilgan bo‘lib, asarda umuminsoniy g‘oyalar ilgari surilgani tufayli ham u haligacha adabiyot va teatr odamlari nazaridan chetda qolmaydi. Unda inson va uning qalbi, hayot mohiyatini anglash, haqiqat va baxt tushunchalari haqida gap ketadi. Va mana shu tushunchalar asarda uch insonning hayot yo‘llarini bir nuqtaga tutashtirib keladi.
Asardagi yagona ayol qahramon Nozi ismli qiz. U bolaligidan dunyoga ideal xayollar bilan boqadigan, haqiqat, ezgulik izlovchan tabiatida birdaniga abgor turmushdan, odamlarning razilliklaridan yomon ma’noda ulg‘ayib, hayotdan hafsalasi pir ayolga aylanib qoladi. U doim yolg‘iz qolib ketishdan qo‘rqadi. Shuning uchun ham oilali erkakka suyanishdan boshqa chora topolmay qoladi. Butun umr izlagan va kutgan odamni uchratganida esa kech bo‘lgan bo‘ladi.
Iskandar dunyoning va odamlarning shafqatsizliklarini ko‘raverganidan, o‘zi ham shafqatsiz, xudbin bo‘lib qolgan, hayotning mazmuni deganda faqatgina pul va kayf-safogina tushunadigan erkak.
Aziz Nozi kabi dunyodan toza va yuksak tushunchalarni izlab, Nozidan farqli o‘laroq, bu ezgu tushuncha va amallarni o‘z hayotida topib, umr yo‘lida odamlar uchun jonini qurbon qila olishdek jasorati bilan o‘zligini isbotlay olgan shaxs.
Mana shu uchta taqdirning to‘qnashuvida ularning har biri o‘ziga kerak bo‘lgan haqiqatni, xulosasini topib, so‘ng barisi yakkayakka uch tomonga ketishadi.
Jadval
22-fevral | “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi | |
23-fevral | “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi |