Spektakl

Masxarabozlar ishi

Masxarabozlar ishi
  • Masxarabozlar ishi
  • Masxarabozlar ishi
  • Masxarabozlar ishi
  • Masxarabozlar ishi
Premyera
14-dekabr 2024
Davomiyligi
75 daqiqa
Muallif
Hamza Hakimzoda Niyoziy
Rejissyor
Ruslan Xaydarov
Aktyorlar
Ye.Ibragimova, I.Kosimova, X.Mamasharipov, Z.Kutlimuratov, N.Ibroximjonov, A.Xamrakulov, O.Iskandarov, S.Dalabayeva, M.Dilmurodov, O.Olimov, A.Artikbayev, A.Naimov

Tavsifi

Hamza komediyalari, eng avvalo, o‘zbek xalq ijodi — xalq qo‘g‘irchoq teatri, askiyachilik va Nasriddin Afandi latifalari, shuningdek, xalqning hazil-hajviy ertaklari zaminida tug‘ildi. Shuning uchun komediyalarida xalq ijodi an’analarining salmog‘i katta.

Uning “Maysaraning ishi” pyesasida nafs otiga mingan shaxslarni kulgi yo‘li bilan fosh etadi. Ushbu mavzu hech qachon dolzarbligini yo‘qotmasligi sababli ham asarga hamon murojaat etiladi. Muallif sevgi, o‘zaro hurmat, axloq-odob tuyg‘ularini ulug‘laydi, beadablik, shahvatparastlik, nafsi buzuqlikni qoralaydi. Asarda ana shunday ikki xil qarashli insonlarning o‘zaro to‘qnashuvini yorqin kontrast bo‘yoqlar bilan ko‘rsatadi.

Jadval

Spektaklga chipta xarid qilish uchun yashil tugmachadagi seans vaqtiga bosing. Teatr haqida batafsil ma'lumotni olish uchun teatr nomiga bosing