Spektakl

Келди-ю кетди

Келди-ю кетди
Davomiyligi
120 daqiqa
Rejissyor
Asqar Kholmo`minov
Aktyorlar
Dilnoza Kubayeva, Lola Yeltoyeva, Davron Karimov, Zilola Nabiyeva, Aziza Sharipova, Avaz Qodirov, Sobir Otazhonov, Firdavs Ziyayev, G`ayrat Boymirzayev, Sherzod Abduvaliyev, Ikhtiyer Otazhonov, Ulug`bek Kholiqzhonov, Navro`z Zhumayev, Akhror Alizhonov, Ochilov Bekzod

Tavsifi

Asar voqealari bosh qahramon, taksi xaydovchisi Keldiyorning Katta Darxondagi uyida hamda uning ikkinchi, norasmiy xotini Xumoraning Bodomzordagi uyida sodir bo‘ladi. Keldiyor o‘n yil avval Qumrixonga uylangan. Biroq shuncha yil mobaynida ular farzand ko‘rishmagan. Shu ko‘yi Keldiyor Xumora ismli ayol bilan tanishib qoladi va u bilan o‘zining xotinidan xuf’ya ravishda bir yil umr kechiradi.

Shu orada Keldiyor tasodifan ko‘chada sodir bo‘lgan janjalli bir voqeaga aralashib qoladi. Shu voqea sabab u o‘zi sezmagan holda mavjud sharoitda yashab turgan har ikkala manzilini oshkor qilib qo‘yadi. Voqeaga Keldiyor asosiy xotini Qumrixon bilan yashaydigan hudud militsiya inspektori Turdiyev hamda uning ikkinchi xotini Xumora istiqomat qiladigan hudud militsiya noziri Boltayevning aralashuvi oqibatida Keldiyorning qo‘shxotinli ekanligi fosh bo‘ladi. Keldiyor farzandsizligi uchun “o‘zini sinab ko‘rmoqchi” bo‘lganligini aytadi, aybini hammaning oldida tan oladi, buning uchun har qanday jazoga tayyor ekanligini ma’lum qiladi. Voqealar Qumrixonning homilador ekanligi haqidagi quvonchli xabar bilan yakun topadi.