Spektakl
Jinlar bazmi
Janr
monospektakl
Davomiyligi
105 daqiqa
Muallif
X.Do’stmuxammad
Rejissyor
O.Salimov
Tavsifi
Ushbu spektakl yozuvchi Xurshid Do’stmuhammadning “Yolg'iz” qissasi asosida sahnalashtirilgan bo’lib, ulug' adib Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligiga bag’ishlanadi. Spektaklda A.Qodiriyning hayoti bilan bog’liq bo’lgan 1926 yil voqyealari tasvirlangan.
Spetaklning asosi faqatgina adibning shaxsi, hayoti, ijodigina emas, balki u yashagan davrga, zo’ravon siyosiy tuzumga qaratilgan.
Spektaklning yana bir diqqatga molik jihati: shu tuzum darg’asi ostida jon saqlayman deb, qo’rquv ostida jinlar “bo'yinlariga ilgan nog’aralarni” chalishga majbur bo’lgan “kasbdosh do’stlar"ni bir muncha asar janridan chetroq chiqib bo’lsa-da sharj uslubida ifoda qilinadi.