Spektakl

Buzruk haqida afsona

Buzruk haqida afsona
Janr
zamonaviy drama
Premyera
15-dekabr 2024
Davomiyligi
75 daqiqa
Muallif
G.G.Markes
Rejissyor
Aleksandr Patrushev
Aktyorlar
Egamberdi Rahimov, Zafar Qutlimuratov, Salamat Zaripbayev, Anastasiya Pak, Iroda Kosimova

Tavsifi

Ushbu spektakl G.G.Markesning “Buzrukning kuzi” nomli asari asosida sahnalashtirilgan. Mazkur asarda shon-shuxrat o’tkinchiligi, mamlakatga sadoqat ko’rsatilishi haqida g’oya ilgari suriladi. Janr drama, aktyorlarning mahoratidan keng foydalanilgan.

Bir mamlakatda ko‘p yillar davomida Patriarx deb atalayotgan general-prezident hukmronlik qilmoqda. U endi qarib qolgan va o‘tmishidan ko‘p narsani eslay olmaydi: qanday qilib hokimiyatga kelganini, atrofidagi odamlar kimligini va hatto o‘z ismini ham unutib qo‘ygan. Uning shaxsiyati atrofida turli mish-mishlar va afsonalar tarqalgan, shuning uchun Patriarxning hayoti afsonalar to‘plamiga o‘xshaydi. U hokimiyatdan charchagan, va o‘lim — undan qutulishning yagona yo‘lidir. Lekin o‘lmasdan oldin, u hayotida haqiqiy sevgi bo‘lganmi yoki yo‘qligini tushunishi kerak… Ehtimol, bu ona sevgisidir? Ehtimol, yagona haqiqiy xotinining sevgisidir? Yoki xalqning sevgisi? Buni tushunib yetgach, o‘limni qabul qilish mumkin.