Spektakl
Bir kun Nasriddin





Davomiyligi
80 daqiqa
Muallif
O.Salimov
Rejissyor
B.Mirmaxsudov
Tavsifi
Spektaklga o’zbek folkloridagi xalq qahramoni Xo’ja Nasriddin haqidagi latifalar asos qilib olingan va ularga muallif tomonidan o’ziga xos urg’u berilgan.
Pyesada Xo’ja Nasriddinning har doimgiday zukkoligi, uddaburonligi va xalqparvarlik xislatlari o’z ifodasini topgan. Pyesa muallifi o’zining ichidan shunday zukko va uddaburon qahramon chiqqan halqning nega bunchalik sodda, ishonuvchan va uddaburon emasligiga urg’u beradi.
Spektakl o’zbek xalq folkloridan olingan yallalar, qo’shiqlar va raqslar asosida aktyorlarning improvizasiya — uddaburonlik hamda topqirlik mahoratiga asoslanib sahnalashtirilgan.