Spektakl

Antiqa sovchilar

Antiqa sovchilar
  • Antiqa sovchilar
  • Antiqa sovchilar
Muallif
Murod Razhabov, Bahodir Nazarov
Rejissyor
Aktyorlar
Turg`un Beknazarov, Khayrulla Inog`omov, Malika Qayumova, Makhsuda Otazhonova, Feruza Mustafoyeva, Munis Boltayeva, Ilkhom Atamirzayev, Bakhrom Boltayev, Muqaddas Mamadaliyeva, Malokhat Navro`zboyeva, Khamid To`khtayev, Obid Akhmedov, Usmon Yusupov, Farukh Rustamov, Mehri Bekchanova, Gulchehra Nosirova, Oltinbek Saparaliyev, Bozor Kholmo`minov, Qobil Umirov, Tokhir Rahimov, Tursunboy Pirzhonov, Otabek Haqberdiyev, Inobat Umirova, Nafisa Ho`zhaqulova

Tavsifi

Xalqimiz farzandini uylantirish va turmushga chiqarish masalasiga hamisha jiddiy qarab keladi. O‘ziga to‘q xonadonda unib-o‘sgan qizi Nargizni munosib joyga uzatish uchun otasi Izzatning boshi qotgan. Ota farzandini o‘ziga to‘q oilaga uzatishni ko‘ngliga tugib qo‘ygan. Lekin birin-ketin kelayotgan sovchilar bo‘lg‘usi kelinga o‘z shartlarini qo‘ya boshlashi yoki kuyovlikka noloyiq nomzodlardan otaning ensasi qotadi. Shunday kunlarning birida marhum otasi Izzatning tushiga kirib, o‘g‘liga suyumli nabirasini o‘zi yoqtirgan Baxtiyorga turmushga chiqarishni tayinlaydi. Baxtiyorni yaxshi bilsa-da Izzat uni kambag‘alroq deb ko‘nmayotgan edi. Otasining vasiyatini amalga oshirish uchun endi o‘zi Baxtiyorga “qizimga uylan” deb yalina boshlaydi. Spektakl nihoyatda kulguli voqealarga boy bo‘lib, har bir personajni ochib beradigan o‘ziga xos xarakter va qiyofalar topilgan. Yetakchi rollarni O‘zbekiston xalq artisti Mehri Bekjonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulchehra Nosirova, Turg‘un Beknazarov, Hamid To‘xtayev, artistlar Xayrulla Inog‘omov, Munisa Vafoyeva, Bahrom Boltayev, Gulasal Rahmonova, Ilhom Otamirzayev va boshqalar ijro etadilar.

Jadval

Batafsil ma'lumotni olish uchun teatr nomiga bosing