Film

Chimildiq

Chimildiq
  • Chimildiq
  • Chimildiq
  • Chimildiq
  • Chimildiq
  • Chimildiq
  • Chimildiq
  • Chimildiq
  • Chimildiq
Chiptalarni xarid qilish
Janr
komediya
Mamlakat
O`zbekiston
Vaqt
96 daqiqa / 1 s. 36 daqiqa
Rejissyor
Shuxrat Salomov
Aktyorlar
Dadaxon Obidov, Sitora Alimjanova, Muhammadiso Abdulxairov, Xosiyat Xusanova, Tolib Moʼminov, Muyassar Berdiqulova, Dilshodbek Kattabekov, Zuhra Soliyeva, Said Muxtorov, Bobur Aytbaganbetov, Mohlaroy Sobirova, Bobur Pirmatov, Aziza Abdullayeva, Karomat Isamova, Nurjahon Xaydarova

Tavsif

Tohir va Zuhra bir-birini sevib turmush qurgan yosh oila bo‘lishiga qaramay, arzimagan oilaviy janjallar tufayli ajrashishga qaror qilishadi. Аjrim qarori chiqishi bilan ularning bundan go‘yoki boshi osmonga yetib, endilikda sobiq er-xotin darhol ikki qarama-qarshi tomonga yo‘l olishadi. Endi ular qush misoli erkin bo‘lib, yangi hayot sari oshiqmoqda edilar, biroq taqdirning kutilmagan hazilini qarangki, ular tunda qayerda uyquga ketishmasin, ertalab baribir sanʼat muzeyida yasatilgan chimildiq ichida uyg‘onadigan boʼlib qoladi. Tarki odat amrimahol deyishganidek, yana ming xil o‘zaro tortishuvlar bilan bir-biridan tezroq qutulishga harakat qilishsa-da, har tong baribir o‘sha chimildiqda uyg‘onishaveradi. Har kuni shu ahvol bo‘lavergach, ular bu mo‘jizada tinmay bir-birini ayblashardi. Hatto bu mashmashaga nihoyat chek qo‘yish uchun ekstrasensgacha ham borib ko‘rishadi. Qiziq, bu chimildiq mo‘jizasida qanday sir pinhon bo‘lishi mumkin? Ushbu savolga javobni esa insoniy munosabatlar va qadriyatlar, turli sinovlarni boshdan kechirgan qahramonlarimiz hayoti haqida hikoya qiluvchi “Chimildiq” filmini tomosha qilgan holda olishingiz mumkin.

Mavsumlar

Ko‘proq ko‘rish