Mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar chiptalari narxi 50 foizga, “Afrosiyob” esa 100 foizga oshiriladi
20-oktyabrdan boshlab mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlar chiptalari narxlari o‘zgaradi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ.
Yo‘lovchi tashish xo‘jaligidagi yo‘lovchi chiptalarni 2023-yilning 20-oktyabridan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50 foizga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari to‘liq narxining 100 foizga oshiriladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bunga 2019−2022-yillar va 2023-yilning 9 oyi davomida respublikada ish haqi miqdori 2,4 barobarga, elektroenergiya va yoqilg‘i narxlarining, logistika va transport xarajatlarining sezilarli darajada oshgani, shuningdek, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, yangi poyezdlarni xarid qilish, temir yo‘l vokzallarini zamon talablariga mos ravishda saqlashni sabab qilib keltirgan.