"Quyosh qayerga yoʻqoldi?" rok-guruhining ilk "Soʻm" nomli albomi e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 154
"Quyosh qayerga yoʻqoldi?" rok-guruhining ilk "Soʻm" nomli albomi e'lon qilindi

Oʻzbekistondagi yosh “Quyosh qayerga yoʻqoldi?” rok-guruhining ilk “Soʻm” nomli albomi e’lon qilindi. Undan 7 ta trek oʻrin olgan.

Jumladan, albomda “Мой город”, “Agarda yillar”, “Soʻm”, “Давай сыграем свадьбу”, “Соседи” va “Салюты” qoʻshiqlarini eshitish mumkin. Bundan tashqari, “Чай предложен” nomli skit ham oʻrin olgan.

Shuningdek, albomda intro, yakun va har bir trek uchun alohida izohlar ham mavjud. Relizni hozirda barcha musiqiy platformalarda tinglash mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling