Endi Duolingoʻda shaxmat oʻrganish mumkin boʻladi

Chet tillarini oʻrganishga ixtisoslashgan Duolingo ilovasida endi shaxmat oʻrganish mumkin boʻladi, deya xabar bermoqda “The Verge” nashri.
Ta’kidlanishicha, kurs yangi boshlovchilarga mo‘ljallangan va asosiy tamoyillarni tushuntiradi. Ishga tushirilganda, dastur foydalanuvchining bilim darajasini (to‘liq bilmaslikdan o‘rtacha darajagacha) so‘raydi va vazifalarni shunga qarab moslashtiradi.
Masalan, yangi oʻrganuvchilar uchun birinchi darslarda donalar qanday yurishi tushuntiriladi, so‘ngra raqib donalarini ushlash va mot qo‘yishga o‘tiladi. Takroriy xatolar yuz berganda, ilova to‘g‘ri yurish bilan koʻrsatkich belgi ko‘rsatadi.
Kursning har bir bo‘limi Elo (shaxmatchilar malakasini baholash tizimi) reytingining ma’lum darajasiga mos keladi. Topshiriqlar CEFRdagi til bilish darajasiga o‘xshab murakkablashib boradi. Shuningdek, foydalanuvchilar Oskar (ilovadagi personaj)ga qarshi vaqt o‘tishi bilan murakkablashib boradigan mini-o‘yinlar yoki to‘liq partiyalarni o‘ynashlari mumkin bo‘ladi: “Birinchi haftadan so‘ng siz grossmeysterga duch kelmaysiz, ammo bo‘shashish mumkin emas — Oskar xatolar uchun jazolaydi,”, — deya ogohlantirdi ishlab chiquvchilar.
Hozircha foydalanuvchilarga bir-biriga qarshi oʻynash funksiyasi taqdim etilmaydi, ammo keyinchalik qoʻshilishi mumkin. Shaxmat kursining beta-sinovi ingliz tilida so‘zlashuvchi foydalanuvchilar uchun iOS tizimida boshlanadi. Duolingo PR direktori Monika Erlning so‘zlariga ko‘ra, 4−6 haftadan so‘ng kirish imkoniyati kengaytiriladi, so‘ngra funksiya Android va boshqa tillarga moslashtiriladi.