"Ovoz 50+" loyihasi murabbiylari e'lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 105

“ZoʻrTv” telekanali orqali efirga uzatilayotgan dunyoga mashhur “Ovoz” loyihasining navbatdagi koʻrsatuvi — 50 yoshdan baland ijrochilar orasida oʻtkaziladigan tanlovining suratga olish ishlari boshlandi. Telekanal “Ovoz 50+” loyihasi murabbiylarini e’lon qildi.
Ma’lum boʻlishicha, bunda odatiy “Ovoz” kabi 4 emas, balki uch nafar murabbiy boʻladi (xuddi “Ovoz. Bolalar” kabi). Oldingi loyihadan farqli ravishda bu safar murabbiylar orasiga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Kumush Razzoqova qoʻshilgan.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston xalq artisti Farruh Zokirov va DJ Piligrim oʻz pozitsiyalarida qolgan.
Loyiha bosh prodyusserining Afisha.uz'ga ma’lum qilishicha, taxminan ikki haftadan soʻng koʻrsatuv efirga uzatiladi.