Kun pleylisti: Bayram kayfiyati

E’lon qilingan sana· 167
Kun pleylisti: Bayram kayfiyati

Afisha.uz sinov tariqasida yangi rukn boshlamoqda: “Kun pleylisti”. Unda biz kun davomida eshitish mumkin boʻlgan 10 ta qoʻshiq tavsiya qilamiz. Treklarning geografiyasi keng, Oʻzbekistondan tortib, dunyoning istalgan nuqtasigacha. Ular esa shunchaki kayfiyatga qarab tanlanadi.

Ushbu rukndagi materialni biz har kuni tongda berishga qaror qildik. Aynan shu paytda koʻpchilik ishga yoki oʻqishga ketayotgan / tayyorgarlik koʻrayotgan boʻladi. Bu — musiqa eshitish uchun eng qulay vaqt. Demak, biz ushbu ruknni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayramida boshlashga qaror qilgan ekanmiz, uni maksimal bayramga moslashga harakat qildik.


Ravshan Komilov va Farruh Komilov — Muqaddas ayol

Ha, bu klishe, bayramona klishe. Lekin buni birinchi eslamasak boʻlmasdi.

Ozodbek Nazarbekov — Lola

Bahtiyor Rahmonov — Eshikka suyanib jilmaygan ayol

Shuhrat Qayumov — Bu hayot

“Setora” — Vafodoring

Jahongir Otajonov — Ayol

Sevara Nazarxon — Meni sev

Ulugʻbek Rahmatullayev — Layloyimsan

Alisher Fayz — Xay-xay

Shahriyor — Ona

Siz shu kunlarda qaysi musiqalarni tinglayapsiz? Izohlarda nomlari bilan ulashing, balki ertangi pleylistda u ham paydo boʻlar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling