Dilnoz va Mirjalol Nematov "Koʻzoynak" qoʻshigʻiga ishlangan klipni e'lon qildi
E’lon qilingan sana: · 116

Xonanda Dilnoz Hakimova va Mirjalol Nematov “Koʻzoynak” qoʻshigʻiga klipni e’lon qildi.
Klip ssenariyasiga koʻra, Dilnoz oʻz kasbida qoladi — san’atkor klip olish jarayoni uchun soch turmaklashga keladi, stillist (Mirjalol Nematov) esa uni yoqtirib qoladi. Shundan soʻng u sochini turmaklashga klip olish maydonchasiga ham boradi.
Bu ikki ijodkor uchun birinchi duet emas, ular avvalroq bir nechta qoʻshiqni birga kuylashgan. “Sogʻinasan”, “Ishq”, “Dardi dilam ishq” shular jumlasidan.