AbroBey qachon yangi qoʻshiq premyera qilishi ma'lum boʻldi

E’lon qilingan sana· 917
AbroBey qachon yangi qoʻshiq premyera qilishi ma'lum boʻldi

Qimmat dunyo” va “Bolalik” qoʻshiqlari bilan tanilgan yangi hip-hop ijrochisi AbroBeyning navbatdagi qoʻshigʻi “Depressiya” deb nomlanadi. Ushbu trek 14-fevral kuni premyera qilinadi, deya xabar bermoqda ijodkorning oʻzi Afisha.uz'ga.

Mazkur qoʻshiq yolgʻizlik haqida boʻladi. Reper oʻz Instagram sahifasida trekdan snippet joyladi.

Eslatib oʻtamiz, AbroBeyning “Qimmat dunyo” qoʻshigʻi 2 oyda birgina YouTube platformasida 28 million martadan koʻproq tinglandi. Avvalroq biz Abrorning oʻzi bilan ushbu trek va uning muvaffaqiyati haqida suhbatlashgandik. Ijodkorning “Bolalik” klipi esa 3 hafta ichida YouTube’da 11,5 milliondan ortiq tomosha qilindi.

Ushbu qoʻshiqlar ayni vaqtda “Yandex.Music” platformasidagi Oʻzbekiston chartida 1 va 4-oʻrinlarda turibdi.

Bir necha haftadan beri “Qimmat dunyo” topdan tushmayapti, ikkila qoʻshiq 2 hafta davomida ketma-ket 1−2-oʻrinlarda turdi.