Wanderlust Oʻzbekistonni eng koʻp borish xohlangan manzil deb topdi

E’lon qilingan sana· 473
Wanderlust Oʻzbekistonni eng koʻp borish xohlangan manzil deb topdi

“Wanderlust” sayyohlik jurnali “Wanderlust Reader Travel Awards 2024"da O‘zbekistonni jurnal oʻquvchilari orasida eng koʻp borish xohlangan yangi yo‘nalish deb topdi.

Mamlakat “o‘zining Ipak yo‘li merosi bilan mashhur, Samarqand, Buxoro kabi qadimiy shaharlarga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo durdonasi” deb atalgan. Shuningdek, O‘zbekistonda tarixiy boyliklar va diqqatga sazovor joylar bilan bir qatorda bepoyon Qizilqum cho‘lidan tortib Orol dengizi sohillarigacha bo‘lgan o‘ziga xos e’tibor kamdan-kam uchraydigan tabiat landshaftlari ham borligi qayd etilgan.

Jurnal muharrirlariga koʻra, “Eng koʻp borish xohlangan manzil” nominatsiyasida gʻoliblarning toʻliq roʻyxati:

  1. O‘zbekiston;
  2. Albaniya;
  3. Qatar;
  4. Ozarbayjon;
  5. Qozogʻiston;
  6. Grenlandiya;
  7. Armaniston;
  8. Nikaragua;
  9. Moldova;
  10. Panama.

Boshqa nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.